Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


 Ishlab chiqarishning biror sohasidagi nisbiy ustunlik



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

3. Ishlab chiqarishning biror sohasidagi nisbiy ustunlik. Ba’zi hollarda ikki
davlatning biri qaralayotgan har ikki sohada ham mutlaq ustunlikka ega bo‘ladi.
Quyidagi jadvalga e’tiborni qarataylik:
Ishlab chiqarishga ketgan ishchi kuchi sarfi, soatda
1-mamlakatda
2-mamlakatda
Plastmassa idish
10
20
Elektr lampochkasi
30
40
Unga ko‘ra, 1- mamlakatda bir dona elektr lampochkasi va bir dona plastmassa
idish ishlab chiqarish uchun 2- mamlakatdagiga qaraganda kam ish vaqti sarflanadi,
ya’ni 1- mamlakat bu sohalarda mutlaq ustunlikka ega. Lekin 1- mamlakatda elektr
lampochkasi ishlab chiqarishning muqobil qiymati 30 : 10 = 3 dona plastmassa
idishni, 2- mamlakatda esa 40 : 20 = 2 dona plastmassa idishni tashkil qiladi.
Demak, 2- mamlakat elekrt lampochkasi ishlab chiqarishda 1- mamlakatga
nisbatan nisbiy ustunlikka ega. Ikkinchi tomondan, 1- mamlakat plastmassa idish
ishlab chiqarishda 2-mamlakatga nisbatan nisbiy ustunlikka ega. Chunki bir dona
plastmassa idishni ishlab chiqarishning muqobil qiymati 1- mamlakatda 10 : 30 =
1/3 ta elektr lampochkasini, 2- mamlakatda esa 20 : 40 = 1/2 ta elektr lampochkasini
tashkil qiladi. Shu bois, agar 1- mamlakat plastmassa idish ishlab chiqarishni o‘zida
tashkil qilib, 2- mamlakatga sotsa va elektr lampochkasini 2- mamlakatdan sotib
Mutlaq ustunlik 
— bir xil miqdordagi resurslarga ega bo‘lgan
mamlakatlardan birining shu resurslar yordamida boshqalariga nisbatan ko‘p
mahsulot ishlab chiqara olish imkoniyatiga ega ekanligi.


125
125
124
olsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki elektr lampochkasi ishlab chiqarishning
muqobil qiymati 1- mamlakatda 2- mamlakatga qaraganda yuqori. Xuddi
shuningdek, 2- mamlakat elektr lampochkasini ishlab chiqarishni o‘zida tashkil qilib,
1- mamlakatga sotsa va plastmassa idishni 1- mamlakatdan sotib olsa, maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Demak, har bir davlat muqobil qiymati boshqa davlatlardagiga
nisbatan kam bo‘lgan tovarni ishlab chiqarib, chetga sotishi lozim. Nisbiy ustunlik 
nazariyasi
buyuk ingliz iqtisodchi olimi David Rikardo tomonidan yaratilgan.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin