TASHQI SAVDO TARKIBI Mamlakatning xalqaro savdodagi ishtirokining samaradorligi, uning eksport
va importining tarkibiga ham bog‘liq bo‘ladi. Rivojlangan davlatlar eksportining
hajmi katta bo‘lib, asosan, tayyor mahsulotlardir. Rivojlanayotgan mamlakatlar
eksportining hajmi, odatda, kichik bo‘lib, asosan, xomashyodan iborat.
Respublikamiz tashqi savdo hajmi va tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, mustaqillik
yillarida uning hajmi ortib, tarkibi yildan yilga o‘zgarib bormoqda.
Ingliz iqtisodchisi David Rikardoning shoh asari
“Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari” deb ataladi.
Rikardoning iqtisodiyot olamida Adam Smitdan keyingi
eng taniqli olim sifatida tan olishadi.
Rikardoning ilmiy izlanishlari xalqaro bozordagi savdo
erkinligi masalalariga qaratilgandir. U hozirgi zamon
iqtisodchilari nisbiy ustunlik qoidalari deb ataydigan
konsepsiyani birinchi bo‘lib ilgari surdi.
Rikardo olim sifatida xalqaro savdoni tariflar va boshqa
sun’iy to‘siqlardan iloji boricha holi qilish mamlakatlar
David Rikardo
(1772 – 1823)
iqtisodiyoti uchun foydali ekanini asoslab bergan.
Iqtisodiyot tarixidan Biz qadimda mamlakatimiz hududidan o‘tgan Buyuk ipak yo‘li haqida ancha
ma’lumotga egamiz. Bu yo‘l milloddan avvalgi II asrga kelib shakllangan. Lekin
bundan ancha oldin O‘rta Osiyoni Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar
bilan tutashtirib turgan yo‘llar mavjud bo‘lganligini bilasizmi?
Oltin yo‘li, Ipak yo‘li, Nefrit yo‘li va Lojuvard yo‘li ramziy nomlari bilan
mashhur yo‘llar shular jumlasidandir. Bu yo‘llar orqali olib o‘tilgan mollar (oltin,
ipak, kumush, nefrit, lojuvard) ularga ramziy nomlar berilishiga sabab bo‘lgan.
2013- yilda respublikamiz tashqi savdosi hajmi 28886 mln AQSH dollarini
tashkil qilib, bu 2012- yilga nisbatan 9,8%ga ortiq demakdir. Mamlakatimizning
2013- yilgi eksport hajmi 15087,2 mln AQSH dollari, import hajmi esa 13798,8
mln AQSH dollaridan iborat bo‘ladi. Tashqi savdo saldosi 1288,4 mln AQSH
dollarini tashkil qildi. Davlatimiz, asosan, paxta tolasi, mineral o‘g‘it va kimyo
mahsulotlari, energiya resurslari, oziq-ovqat mahsulotlari, qora va rangli metallar,
mashina va dastgohlar, turli xil xizmatlar va tovarlarni eksport qiladi. Shuningdek,
chet mamlakatlardan mashina va dastgohlar, oziq-ovqat mahsulotlari, energiya
resurslari, mineral o‘g‘it va kimyoviy mahsulotlar, qora va rangli metallar, turli
xil xizmatlar va tovarlarni sotib oladi. O‘zbekiston tashqi savdosi hajmining
katta qismi Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya, Shveysariya,
Turkiya, Ukraina, Qozog‘iston kabi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi
yillarda O‘zbekistonning tashqi savdosi tarkibi keskin o‘zgarib bormoqda. Eksport
tarkibida xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar o‘rnini qayta ishlangan va tayyor
sanoat mahsulotlari egallamoqda. Bular jumlasiga avtomobillar, dastgohlar, asbob