Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

IMPORT VA EKSPORT
Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet mamlakatlarga sotish
eksport deb ataladi. Tovar va xizmatlarni chet mamlakatlardan sotib olishga
esa import deyiladi. Mamlakatning import va eksport qilgan tovar va xizmatlari
qiymatlarining yig‘indisi tashqi savdo hajmini aniqlaydi. Tashqi savdo hajmi
mamlakatning xalqaro savdo-sotiq jarayoniga qanchalik ishtirok etayotganini
bildiradi. Mamlakatning xalqaro savdo-sotiqdagi ishtirokining samaradorligini
import va eksport hajmlarini taqqoslash yordamida aniqlash mumkin. Albatta,
har bir davlat eksportga chiqarayotgan tovar va xizmatlari hajmining, tashqaridan
olib kelayotgan import tovar va xizmatlari hajmidan ko‘p bo‘lishini xohlaydi.
Mamlakatning eksporti va importi hajmlari orasidagi farq tashqi savdo saldosini
aniqlaydi. Agar mamlakatning chetga sotayotgan eksport tovar va xizmatlari hajmi
mamlakatga keltirilayotgan import tovar va xizmatlari hajmidan ko‘p bo‘lsa,
tashqi savdo saldosi musbat bo‘ladi. Aks holda esa tashqi savdo saldosi manfiy
bo‘lib, xalqaro savdo-sotiqda muammolar paydo bo‘ladi. Chunki tovarlarni chetga
sotishdan tushgan chet el valutasi miqdori, chetdan olib kelinayotgan tovarlarni
sotib olishga yetmay qoladi. Natijada, tashqi savdoda valuta tanqisligi vujudga
keladi.
Nisbiy ustunlik 
— mamlakatda biror tovarni ishlab chiqarish muqobil
qiymatining boshqa mamlakatlarga nisbatan arzon bo‘lishi.
Eksport
 — mamlakatda ishlab chiqarilgan va chet mamlakatlarga sotilgan
tovar va xizmatlar.
Import
— chet mamlakatlardan sotib olingan tovar va xizmatlar.
Tashqi savdo hajmi
 — mamlakat import va eksportini tashkil etuvchi
tovar va xizmatlarining jami qiymati.
Tashqi savdo saldosi
— mamlakatning eksport va import hajmlari
orasidagi farq.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin