Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

AMORTIZATSIYA JAMG‘ARMASI
Asosiy mablag‘lar ham “aylanadi”. Ularning aylanish davri asosiy ishlab 
chiqarish vositalarining qancha vaqt ishlatilishiga, xizmat ko‘rsatish muddatiga 
bog‘liq bo‘ladi. Odatda, bino va inshootlarning ishlatilish muddati 20 yil, asbob-
uskunalarniki esa 5—7 yil qilib belgilanadi. Bu muddat davomida ular eskirib, har 
yili boshlang‘ich narxining ma’lum bir qismi yaratilgan mahsulot narxiga o‘tib, 
arzonlashib boradi. Mana shu arzonlashish qiymati amortizatsiya qiymati deb 
ataladi. Mana shu arzonlashish qiymati mahsulot sotilgach firmaga pul kirimi 
tarkibida qaytadi va firmadagi maxsus jamg‘armaga – amortizatsiya jamg‘armasiga 
yo‘naltiriladi. Firmaning umumiy pul kirimidan amortizatsiya jamg‘armasiga 
yo‘naltirilgan pul amortizatsiya ajratmasi deb ataladi. Odatda, yillik amortizatsiya 
ajratmasi bino yoki dastgohlar narxining ularni ishlatilish muddatiga bo‘lib topiladi. 
A = 
p
A – yillik amortizatsiya ajratmasi;
p – asosiy ishlab chiqarish vositasi narxi;
n – foydalanish muddati.
n
Asosiy mablag‘ 
— ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan 
asosiy ishlab chiqarish vositalarni sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘.
Aylanma mablag‘
 — xomashyo, har xil materiallarni sotib olishga va ishchi 
kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar.
Amortizatsiya ajratmasi
 — asosiy ishlab chiqarish vositalarining eskirishi 
natijasida ular narxining ishlab chiqarilgan mahsulot narxiga o‘tgan qismi.
Masalan, korxona binosining narxi 160 mln so‘m bo‘lib, undan foydalanish 
muddati 20 yil qilib belgilangan bo‘lsin. Demak, har yili bino narxi 160 : 20 = 8 
mln so‘mga arzonlashib, bu pul mahsulot narxiga o‘tadi va mahsulot sotilgach, 
amortizatsiya jamg‘armasida jamlab boriladi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin