Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

Buni yodda tuting!


25
25
24
5- MAVZU
FIRMA MABLAG‘LARI VA
XARAJATLARI
1. Yuqoridagi rasmda firma mablag‘larining aylanishi tasvirlangan. Uni diqqat bilan 
ko‘zdan kechiring va sharhlang.
2. Firmaning mablag‘lari aylanish bosqichlarining har birida qanday ko‘rinishda 
bo‘lishini tahlil qiling va o‘z fikringizni bildiring.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Firma moliyaviy mablag‘larining aylanishi

DO‘KON
MABLAG‘LAR
BOZOR
ISHLAB 
CHIQARISH
TOVAR
FIRMA MABLAG‘LARINING TURLARI
Ma’lumki, har qanday firma uchun iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mablag‘ 
kerak bo‘ladi. Odatda, firmaning mablag‘i firma egalarining pul mablag‘laridan tarkib 
topadi.
Firma mablag‘lari ishlatilishiga, nimalar sotib olinishiga qarab ikki turga 
bo‘linadi. Bino va inshootlar, asbob va uskunalar sotib olishga sarflangan mablag‘lar 
asosiy mablag‘lar (asosiy kapital) deb yuritiladi. Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda 
uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib 
olishga mo‘ljallangan mablag‘.
Xomashyo, yoqilg‘i, energiya, har xil materiallar sotib olishga va ishchi kuchini 
yollashga sarflanadigan mablag‘lar aylanma mablag‘lar (aylanma kapital) deb 
yuritiladi. Aylanma mablag‘ ishlab chiqarishda ishlatiladigan resurslar sotib olish 
uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Firma aylanma mablag‘iga resurslar 
bozoridan xomashyo, turli xil materiallar sotib oladi va ishchi kuchini yollaydi. Bu 
bilan firmaning aylanma mablag‘i pul ko‘rinishidagi shakldan moddiy ko‘rinishdagi 
shaklga o‘tadi. Bu resurslardan firmada tovarlar ishlab chiqariladi. Ular sotilgach, 
yana pul shaklidagi mablag‘ga aylanib, firmaga qaytib keladi.
Shu tariqa firmaning aylanma mablag‘lari iqtisodiy faoliyat natijasida aylanib 
turadi. Shu xususiyati bois, bu mablag‘lar aylanma mablag‘lar deb ataladi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin