27
27
26
ta’sischilari o‘rtasida taqsimlanadi. Lekin firma ta’sischilari sof foydaning hammasini o‘zaro
taqsimlamasdan, uning ma’lum qismini firmaning keyingi faoliyatini pul mablag‘lari bilan
ta’minlashga sarflashi mumkin.
2.
Amortizatsiya jamg‘armasi. Bu jamg‘arma mablag‘lari faqat asosiy vositalar sotib
olishga sarflanadi.
3.
Nizom jamg‘armasi. U firma faoliyatining boshlang‘ich davrida ishlatiladi.
Firmaning ichki mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda, tashqi moliyaviy mablag‘larni
topish kerak bo‘ladi. Tashqi manbalarga quyidagilar kiradi:
1.
Firma egalarining firmaning ustav kapitalini ko‘paytirish uchun ajratgan
qo‘shimcha mablag‘lari.
2.
Bankdan yoki boshqa firmalardan olingan qarz mablag‘lari.
3.
Firmaning qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotishdan tushgan pul tushumlari.
Tashqi moliyaviy manbalar ichki manbalardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni,
albatta, qaytarish kerak bo‘ladi.
DOIMIY VA O‘ZGARUVCHAN XARAJATLAR
Firmaning ma’lum davr ichida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflagan
xarajatlari
umumiy xarajatlar deb yuritiladi va
TC — inglizcha “total costs”
(umumiy xarajat) so‘zlarining bosh harflari bilan belgilanadi. O‘z navbatida,
umumiy xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlardan tashkil topadi.
Ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarga
doimiy xarajatlar (inglizcha
— fixed costs) deyiladi va
FC harflari bilan belgilanadi. Doimiy xarajatlarga ijara
haqi, qarz foizi, sug‘urta haqi, amortizatsiya ajratmasi, ma’muriy xarajatlar kabi
xarajatlar kiradi. Bu turdagi xarajatlarni, mahsulot ko‘p yoki kam miqdorda ishlab
chiqarilishidan qat’iy nazar, hatto mahsulot ishlab chiqarilmagan taqdirda ham firma
qoplashi zarur bo‘ladi.
O‘zgaruvchan xarajatlarga (inglizcha — variable costs) mahsulot ishlab chiqarish
hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi va
VC harflari bilan belgilanadi. Bu
turdagi xarajatlarga xomashyo, ish haqi, yoqilg‘i, energiya manbalari, turli xil
materiallarni sotib olish xarajatlari kiradi. Qancha ko‘p mahsulot ishlab chiqarilsa,
bu xarajatlar miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi
umumiy xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: