Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Keyingi yuz yilliklarga kelib, insoniyatning tabiatdagi jarayonlarga aralashuvi, 
tabiiy resurslardan foydalanish miqyosi mislsiz darajaga borib yetdi va tabiat 
o‘zini o‘zi tiklay olmay qoldi. Bugungi kunda odamzot tabiatni himoya qilish, 
resurslardan tejab-tergab foydalanish va ularni qayta tiklash masalalarini dolzarb 
qilib qo‘ygan quyidagi ekologik muammolarga duch kelib qoldi:
— havoning zaharlanishi;
— daryo va suv havzalarining ifloslanishi;
— tuproq tarkibining o‘zgarishi va yerlarning sho‘rlanib borishi;
— ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari miqdorining kamayib borishi;
— atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi;
— inson salomatligiga zarar yetkazadigan shovqinli texnika moslamalarining 
ko‘plab ishlatilishi. 
Olimlarning fikricha, sanoatda, sovutish qurilmalarida ishlatiladigan freon 
gazi bizni quyosh nuri radiatsiyasidan himoya qiluvchi atmosferaning ozon 
qatlamini yemirib bormoqda. Agar ahvol shu tariqa davom etaversa, yaqin 
kelajakda Yer atmosferasi harorati ko‘tarilib, tabiatdagi muvozanat buzilishi, 
quruqlikning ko‘p qismi suv ostida qolishi taxmin qilinmoqda.
Bilasizmi?
ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH
Tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan, asosan, davlat nazorat organlari 
shug‘ullanadi. Har bir davlatda atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan turli 
xil chora-tadbirlar ko‘riladi, qonunlar qabul qilinadi. Masalan, zavod va fabrika 
mo‘rilariga turli xil zaharli moddalarni ushlab qoladigan, havoni tozalaydigan 
moslamalar o‘rnatish, oqova suvlarni daryolarga oqizishni taqiqlash kabi chora-
tadbirlar amalga oshiriladi. Davlat tashkilotlari bilan bir qatorda, nodavlat, jamoat 
tashkilotlari ham borki, ular nafaqat bir mamlakat hududida, balki butun dunyoda 
atrof-muhit muhofazasi muammolari bilan shug‘ullanadi. Masalan, “Green peace” 
xalqaro jamiyati, “Ekosan” xalqaro ekologiya va salomatlik jamg‘armasi shular 
jumlasidandir. “Ekosan” jamg‘armasi respublikamiz va umuman, butun Markaziy 
Osiyo mintaqasida ekologik holatni sog‘lomlashtirishga, atrof-muhitni muhofaza 
qilishga, aholining salomatligini himoya qilishga qaratilgan qator amaliy ishlarni 
bajarib kelmoqda.
Shu bilan birga, atrof-muhit muhofazasi — har bir fuqaroning burchi 
hisoblanadi. Buning uchun har birimiz kundalik turmushimizda orasta yurish, 
o‘zimiz yashayotgan joyni ozoda tutish kabi oddiy qoidalarga rioya qilishimiz zarur.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin