Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


— iste’molchilarga sotuvga chiqarilgan tovar haqida xabar berish; —



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

iste’molchilarga sotuvga chiqarilgan tovar haqida xabar berish;
mazkur tovar iste’molchilarning qaysi ehtiyojlarini qondirishi haqida 
ma’lumot berish;
 iste’molchilarni tovarni sotib olishga undash va ularning moyilligini oshirish.
Reklama
– iste’molchilarga tovar haqida ma’lumot berish orqali ularning 
tovarga bo‘lgan talabini oshirishga qaratilgan tashviqot tadbiri.
Bozorda o‘rnashish bosqichida tovarni sotish uchun ham sotuvchiga, ham 
xaridorga qulay bo‘lgan joy va vaqt tanlanadi. Shu bilan birga, bozorda firma o‘z 
o‘rnini topib, o‘rnashib olishiga qaratilgan uzoqni ko‘zlovchi tadbirlar amalga 
oshiriladi. Tovarni bozorga yetkazish, uni saqlash va sotish joylari aniqlanadi. 
Xaridorlarni jalb etish va ularning tovarni sotib olishga bo‘lgan moyilligini oshirish 
yoki saqlab turish maqsadida, tovarni sotishdan oldingi va sotishdan keyingi servis 
xizmati turlari ko‘rsatiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining, xususan, 
internet tarmog‘ining jadal sur’atlar bilan kengayib borishi, marketing rivojiga 
katta turtki bo‘ldi. Endilikda, marketing faoliyati jadallashib, uning samaradorligi 
oshib bormoqda.
Televideniyadan berilayotgan reklamalarni tomosha qilasizmi? Ularning 
sifati haqida nima deya olasiz? Reklamalar yaqin o‘tgan kunlarda qaysi tovarni 
sotib olishingizga sababchi bo‘ldi?
Bu haqda oylab koring!
TOVARNI SOTISH YO‘LLARI VA NARXLAR
Tovarni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘zi sotishi mumkin. Bu 
holatda, korxona tovarni ishlab chiqarish uchun sarflagan xarajatlariga ustama 
foydasini qo‘shib, tovarni ishlab chiqarish narxida sotishga harakat qiladi. Tovarni 
ishlab chiqaruvchidan xaridorga yetkazish ishi bilan vositachi savdo tashkilotlari 
ham shug‘ullanadi. Tovarni ishlab chiqaruvchidan sotib olib, katta-katta hajmda 
sotuvchilar ulgurji savdo tashkilotlari deb ataladi. Ular tovarni ulgurji narxda 
sotishadi. Tovarni donalab yoki kichik hajmlarda iste‘molchilarga sotuvchilar 
chakana savdo tashkilotlari deb ataladi. Savdo do‘konlari chakana savdo 
tashkilotlaridir. Odatda, tovarning chakana narxi ulgurji narxidan, ulgurji narxi 
esa ishlab chiqarish narxidan baland bo‘ladi.
1. Nima sababdan marketing bozor iqtisodiyotiga xos tushuncha hisoblanadi?
2. Marketing faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsadlarni sanang.
3. Marketing tadqiqotlari bosqichlarini sanang va biror firma misolida sharhlab 
bering.
4. Tovarni reklama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlarni sanang.
5. Reklamaning afzallik va kamchiliklarini aytib bering. 
6. Biror tovarga bo‘lgan talabni oshirish maqsadida nimalar qilgan bo‘lar edingiz?
7. Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanib borishi marketing tizimiga 
qanday ta’sir qilmoqda?
8. Tovarni sotish yo‘llari haqida nimalar bilasiz?
9. Bozorda o‘rnashish deganda nimani tushunasiz?
10. Ulgurji va chakana savdo tashkilotlari haqida nimalar bilasiz?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin