105
105
104
MUOMALADA QANCHA PUL BO‘LISHI KERAK?
Ma’lumki, har bir davlat hududida ma’lum miqdordagi pul muomalada bo‘lib,
oldi-sotdi jarayonlari uning vositasida amalga oshiriladi. Shu sabab,
muomaladagi
pullar qo‘ldan qo‘lga o‘tib, to‘xtovsiz aylanib turadi. Pulning biror oldi-sotdi
jarayoniga qatnashib, qo‘ldan qo‘lga o‘tishi, uning
bir marta aylanganligini
bildiradi. Muomaladagi pul miqdorining bir yil davomida necha marta oldi-
sotdi jarayonlarida qatnashganiga qarab, uning aylanish tezligi aniqlanadi. Agar
muomaladagi pul miqdori uning aylanish tezligiga ko‘paytirilsa,
yil davomida
mamlakatda ishlab chiqarilgan va aholi tomonidan sotib olingan tovar va
xizmatlarning qiymati hosil qilinadi.
Ikkinchi tomondan, yil davomida ishlab chiqarilgan
tovar va xizmatlar
qiymatini boshqacha usulda, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini birlik mahsulotning
Dostları ilə paylaş: