115
115
114
Davriy ishsizlikning
uzoq vaqt davom etishi, butun iqtisodiyotni izdan chiqarishi,
oqibatlari esa butun jamiyatni larzaga solishi mumkin.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif qanday shakllanadi?
2. Ishchi kuchi bozorining boshqa bozorlardan farqli tomonlarini ayting.
3. Ish haqi miqdori qanday aniqlanadi va uning miqdoriga nimalar ta’sir qiladi?
4.
Kompyuter dasturchisi, olim, tramvay haydovchisi,
professional tennischi,
tibbiyot hamshirasi, zavod direktorining oylik maoshlari
nimadan kelib chiqib
belgilanadi?
5. Ishsizlikning kelib chiqish sabablarini sanang va izohlab bering.
6. Quyidagi kishilar ishsizlikning qaysi turiga tegishli: a) qishda ishdan bo‘shatilgan
sayyohlik kompaniyasining xizmatchisi; b) boshqa ish
topish niyatida ikki oydan
beri ish qidirib yurgan ishchi; d) ish o‘rinlari qisqarishi tufayli o‘z
mutaxassisligi
bo‘yicha ish topa olmay yurgan xizmatchi; e)
mamlakat iqtisodiyotida yuz
bergan umumiy inqiroz tufayli ishidan ayrilgan va ish topa olmay yurgan ishchi.
7. Ishsizlikning har bir turiga misol keltiring.
8. Hozir mamlakatimizda ishsizlikning qaysi turlari mavjud? Uning darajasi haqida
nima deya olasiz?
•
Ishsizlik ishchi kuchi bozoridagi ishchi kuchiga bo‘lgan
talabning taklifga
nisbatan pasayishi natijasida kelib chiqadi.
•
Ishsizlik mamlakatda iqtisodiy pasayish vaqtida ortadi.
•
Ishsizlikning to‘rt turi mavjud: friksion,
mavsumiy, tarkibiy va davriy
ishsizlik.
•
Ishsizlik bozor iqtisodiyotining zaif tomonlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: