Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Marketolog  — marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, maxsus bilimga ega mutaxassis. Mehnat birjasi



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

Marketolog 
— marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, maxsus bilimga
ega mutaxassis.
Mehnat birjasi 
ish beruvchi korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar
o‘rtasida vositachilik qiladigan davlat tashkiloti.
Mehnat bozori 
— ishchi kuchi oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriladigan
bozor.
Mehnat resurslari
— mehnat qilishga layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish
tajribasi va mehnat mahorati.
Mehnat taqsimoti
— mahsulot ishlab chiqarish jarayonini ishchilar o‘rtasida
ishni taqsimlash asosida tashkil qilinishi.
Mehnat unumdorligi
— resurs birligidan foydalanib ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori.
Menejer 
— maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki
boshqaruvchi.
Menejment 
— biror ko‘zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari, vositalari
va boshqarish tamoyillarini o‘rganadigan fan.
Milliy daromad (MD)
 — mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz,
renta kabi daromadlari va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori.
Moddiy kapital
— jamg‘arilgan daromadning moddiy mulkka aylangan qismi
va pul mablag‘lari.
Moliya bozori
— pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi jarayonlari amalga
oshiriladigan bozor.
Moliyaviy tadbirkorlik 
— pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq
faoliyat.
Monopoliya
(yunonchada “tanho sotaman” degan ma’noni bildiradi) —
muayyan tovar turi yakka ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi tomonidan
sotiladigan, boshqa sotuvchilarning kirishi o‘ta qiyin bo‘lgan bozor.
Mulk 
— odamlar tomonidan o‘zlashtirilgan va egalik qilish mumkin bo‘lgan
barcha narsalar.
Mulkdor
 — mulkka egalik qiluvchi shaxs.
Murosali tanlov
— bir vaqtning o‘zida bir necha imkoniyatlardan qisman-
qisman foydalanish.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin