Marketolog — marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, maxsus bilimga
ega mutaxassis.
Mehnat birjasi — ish beruvchi korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar
o‘rtasida vositachilik qiladigan davlat tashkiloti.
Mehnat bozori — ishchi kuchi oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriladigan
bozor.
Mehnat resurslari — mehnat qilishga layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish
tajribasi va mehnat mahorati.
Mehnat taqsimoti — mahsulot ishlab chiqarish jarayonini ishchilar o‘rtasida
ishni taqsimlash asosida tashkil qilinishi.
Mehnat unumdorligi — resurs birligidan foydalanib ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori.
Menejer — maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki
boshqaruvchi.
Menejment — biror ko‘zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari, vositalari
va boshqarish tamoyillarini o‘rganadigan fan.
Milliy daromad (MD) — mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz,
renta kabi daromadlari va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori.
Moddiy kapital — jamg‘arilgan daromadning moddiy mulkka aylangan qismi
va pul mablag‘lari.
Moliya bozori — pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi jarayonlari amalga
oshiriladigan bozor.
Moliyaviy tadbirkorlik — pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq
faoliyat.
Monopoliya (yunonchada “tanho sotaman” degan ma’noni bildiradi) —
muayyan tovar turi yakka ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi tomonidan
sotiladigan, boshqa sotuvchilarning kirishi o‘ta qiyin bo‘lgan bozor.
Mulk — odamlar tomonidan o‘zlashtirilgan va egalik qilish mumkin bo‘lgan
barcha narsalar.
Mulkdor — mulkka egalik qiluvchi shaxs.
Murosali tanlov — bir vaqtning o‘zida bir necha imkoniyatlardan qisman-
qisman foydalanish.