151
150
151
Inflatsiya darajasi
— ma’lum davrdagi narx-navo oshishining foizlardagi
miqdori.
Inson kapitali
—
kishining aql-idroki, bilimi, zakovati,
kuch-quvvati, ish taj-
ribasi,
malakasi, kasbiy mahorati,
salohiyati, sog‘lig‘i va ma’naviy dunyosi.
Intellektual tovarlar bozori
— aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar oldi-sotdi
jarayoni amalga oshiriladigan bozor.
Investitsiya (sarmoyalash)
— mablag‘ni ishlab chiqarishni
rivojlantirishga va
kengaytirishga sarflash.
Ipoteka krediti
— garov tariqasida kredit pullariga quriladigan ko‘chmas mulk
qo‘yiladigan kredit.
Iqtisodiy davr
— mamlakat iqtisodiyotining bir marta tebranishiga — bir o‘sib,
so‘ng pasayishiga ketgan vaqt.
Iqtisodiy farovonlik
— ma’lum vaqt davomida mamlakat aholisi turmush
darajasining muttasil yuqori bo‘lib turishi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichning nominal qiymati
— uning
joriy narxlarga nisbatan
hisoblangan qiymati.
Iqtisodiy ko‘rsatkichning real qiymati
— biror asos qilib olingan yildagi narxlarga
nisbatan hisoblangan qiymati.
Iqtisodiy tizim
— mamlakat (jamiyat) iqtisodiy hayotini tashkil qilish shakli.
Iqtisodiyot
— insonning yer yuzida yashashi va kamol topishi bilan bog‘liq
xo‘jalik yuritish tizimi.
Dostları ilə paylaş: