Jamg‘arma — kelajakdagi ehtiyojni qondirish uchun jamg‘ariladigan pul.
Kapital resurslar — inson tomonidan yaratilgan va boshqa mahsulot turlarini
yaratishda ishtirok etadigan resurslar.
Kasaba uyushmasi — yollanma ishchilar manfaatlarini ish beruvchilar va
davlat oldida himoya qiluvchi nodavlat, jamoat tashkiloti.
Konvertatsiya — bir davlat valutasini boshqa davlat valutasiga almashtirish
imkoniyati.
Korxona — tovar va xizmatlar ishlab chiqarish amalga oshiriladigan xo‘jalik
tashkiloti.
Kredit — bank tomonidan mijozlariga berilgan qarz.
Kredit foizi — berilgan qarzdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan
qo‘shimcha haq.
Kreditning yillik foiz stavkasi — yil davomida qarzdan foydalanganlik uchun
to‘lanadigan qo‘shimcha haqning asosiy qarz miqdoriga nisbatan foiz
miqdori.
Kvota — mamlakatga chetdan keltirilayotgan yoki chetga olib chiqib
ketilayotgan tovar va xizmatlar hajmiga o‘rnatilgan yuqori chegara.
Mahsulot — inson mehnatining, iqtisodiy faoliyatning mahsuli.
Majburiy xarajatlar — kundalik turmushda ularsiz yashab bo‘lmaydigan
xarajatlar.
Markaziy bank — tijorat banklariga xizmat ko‘rsatuvchi davlatning asosiy
banki.
Markazlashgan rejali iqtisodiyot — deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari
davlat tasarrufida bo‘lib, iqtisodiy yechimlar markazlashgan holda
davlat tomonidan qabul qilinadigan va rejaga ko‘ra amalga oshiriladigan
iqtisodiy tizim.
M J K
153 152 153 Marketing — bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va uni
qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat.