Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

Sof foyda 
— foydaning soliqlar to‘langandan keyin qolgan qismi.
Sof ichki mahsulot (SIM) 
— yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya
ajratmasining ayrilganiga teng.
Sof raqobat bozori
— muayyan tovar turi juda ko‘p sotuvchilar tomonidan
sotiladigan, boshqa sotuvchilarning kirishi oson narxlar erkin bo‘lgan
bozor.
Soliq
 — fuqaro, firma va korxonalardan davlat xazinasiga undiriladigan,
qonunda ko‘rsatilgan majburiy to‘lov.
Soliq stavkasi
— soliq miqdorining soliq solinadigan jami summaga nisbatan
foiz miqdori.
Sotuvchi 
— bozorda tovarini pulga almashadigan, ya’ni tovarni sotadigan
tomon.
Sug‘urta
— turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy
muammolardan muhofaza qilish faoliyati.
Tabiiy ishsizlik darajasi
 — mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik
bo‘lgan vaziyatdagi ishsizlik darajasi.
Tabiiy resurslar
— tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan
tabiatning barcha ne’matlari.
Tadbirkorlik 
kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida,
o‘z mablag‘i, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish faoliyati.
Tadbirkorlik foydasi
— tadbirkorlik faoliyati natijasida qo‘lga kiritiladigan
daromad.
Taklif 
— sotuvchilarning muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda
qancha miqdorda sotish mumkinligi haqidagi xohish va imkoniyatlarini
aniqlaydi.
Taklif miqdori
— sotuvchilarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda
sotishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
Taklif chizig‘i 
taklifning tekislikdagi grafik ko‘rinishi.
Talab 
— tovarning narxi va miqdori orasidagi munosabat bolib, xaridorlarning
muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda qanchadan sotib olish
imkoniyatlarini aniqlaydi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin