Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Firma hafta davomida 2000 dona mahsuloti ning 25% ini 1000 so‘mdan, 
45% ini 1200 so‘mdan, qolganini esa 900 so‘mdan sotdi. Fir maning bu haftadagi 
daromadi qanchani tashkil qildi? Firma har bir tovarini o‘rta cha necha so‘mdan 
sot gan? Firma bu haftada 560000 so‘m foyda olgan bo‘lsa, uning bir haf talik 
umumiy xarajat lari necha so‘mni tash kil qilgan? Firmaning bir dona tovar uchun 
sarflangan o‘rtacha sarf-xarajati necha so‘mni tashkil qilgan?
Mashq
Investitsiya qilish (sarmoyalash)
— mablag‘ni ishlab chi qarishni 
rivojlantirishga sarflash.
7- MAVZU
IQTISODIY FAOLIYAT TAHLILI
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Poyabzal sexi 2007- yilda 20 mln so‘m foyda olgan edi. U 2010- yilda 23 mln 
so‘m, 2013- yilda esa 30 mln so‘m foyda oldi.
Narxlar 2007- yilga nisbatan 2010- yilda 18 % ga, 2013- yilda esa 30 % ga 
qimmatlashgan. 
1. 2010- yilda 23 mln so‘m pulga tadbirkor 2007- yilda 20 mln so‘m pulga 
olganchalik tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? Nega bunday?
2. 2013- yilda 30 mln so‘m pulga 2007- yilda 20 mln so‘m pulga olganchalik 
tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? 2010- yilda 23 mln so‘mga olganchalik 
tovar va xizmatlarni-chi?
3. Shularni e’tiborga olgan holda, 2010- yilda firma foydasi haqiqatan ham 
ko‘paygan deb ayta olamizmi? 2013- yilda-chi?
FIRMA FOYDASINING REAL MIQDORI
Firmaning tovarni sotishdan olgan kirimini hisoblashda sotilgan tovar miqdori 
tovar sotilayotgan paytdagi bozor narxiga ko‘paytiriladi. Firmaning yillik daromadi 
esa uning mana shunday kirimlarining yig‘indisidan iboratdir. Firmaning joriy 
yildagi daromadini uning oldingi yillardagi daromadlari bilan solishtirmoqchi 
bo‘lsak, biz qanday yo‘l tutishimiz kerak bo‘ladi? Inflatsiya natijasida tovarning 
narxi o‘zgargan. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarilgan tovar miqdori o‘zgarmagan 
taqdirda ham firma daromadining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada firma 
foydasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham real daromad va 
real foyda tushunchalarini kiritishimizga to‘g‘ri keladi. Firmaning joriy narxlardagi 
daromadi yoki foydasi firmaning nominal daromadi yoki nominal foydasi deb ataladi. 
Firma daromadi yoki foydasining narxlar o‘zgarishini inobatga olgandagi qiymatlari 
firmaning, mos ravishda, real daromadi yoki real foydasi bo‘ladi. Narxlarning 
o‘zgarishi darajasini aniqlovchi ko‘rsatkich — bu narxlarning o‘zgarish indeksidir. 



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin