Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


 Soliqlar stavkasini oshirish nimaga



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

13. Soliqlar stavkasini oshirish nimaga 
misol bo‘la oladi? 
A) Kredit-budjet siyosatga;
B) Budjet-soliq siyosatga;
D) Pul-kredit siyosatga;
E) Pul-moliyaviy siyosatga.
14. Quyidagi choralarning qaysi biri 
budjet-soliq siyosatga tegishli 
emas? 
A) Bank foydasiga solinadigan 
soliqlar stavkasining o‘zgar-
tirilishi;
B) Markaziy bank tomonidan 
bank zaxira normalarining o‘z-
gartirilishi;
D) Yangi ishlab chiqarishga sar-
moya kiritayotgan korxonalar 
uchun soliq imtiyozlarining 
berilishi;
E) Kam ta’minlangan oilalar 
uchun ijtimoiy to‘lovlarning 
ko‘paytirilishi.


70
IQTISODIY PRAKTIKUM
Bankdan qarz olamiz
Oxirgi paytlarda banklarga bo‘lgan ishonch ortib, ko‘plab odamlar o‘z 
omonatlarini banklarda saqlashni xush ko‘rishmoqda. Bu holat respublikamiz 
iqtisodiyotining barqarorlashib borayotganligidan dalolat beradi. Shunday ekan, har 
bir fuqaro banklar taklif qilayotgan imkoniyatlarni taqqoslay olishi kerak bo‘ladi. 
Turli imkoniyatlar ichidan eng yaxshisini tanlash har bir fuqaroning iqtisodiyotni 
qanchalik yaxshi bilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Quyida bank foizlarini hisoblash va ularni taqqoslash bilan shug‘ullanamiz.
Aytaylik, “Ipoteka” banki 2013- yil dekabr oyida mijozlarga “Shodlik” 
va “Kafolat” deb nomlangan quyidagi omonatlarni saqlash turlarini taklif 
qilayotgan bo‘lsin.
“Shodlik” omonat turi: yillik foiz stavkasi 18%, saqlash muddati 8 oy, foiz 
oddiy foizlarda to‘lanadi.
“Kafolat” omonat turi: yillik foiz stavkasi 12%, saqlash muddati 8 oy, foiz 
murakkab foizlar usulida to‘lanadi.
Agar sizning 100000 so‘m pulingiz bo‘lganda, bu ikki omonat turining qaysi 
biridan foydalangan bo‘lar edingiz? Keling, birga mulohaza yuritib ko‘raylik.
“Shodlik” omonat turi har bir oyda 18:12=1,5% miqdorda oddiy foiz
to‘laydi. Demak, formulaga ko‘ra, bankning sakkiz oy uchun to‘laydigan foiz 
miqdori: I = P t = 100000 . 0,015 . 8 = 12000 so‘m.
Sakkiz oydan keyin bank qaytaradigan jami pul miqdori:
S = P + I = 100000+12000=112000 so‘mni tashkil qiladi.
“Kafolat” omonat turi har bir oyda 12:12=1% miqdorda murakkab foizlarda, 
ya’ni har oydagi foiz miqdorini omonatingizga qo‘shib, keyingi oyda ko‘paygan 
omonatdan foiz hisoblaydi. Demak, formulaga ko‘ra:
P
8
=P . (1+r)

= 100000(1+0,01)
8
≈100000 . 1,083=108300 so‘mni tashkil 
qiladi. Demak, bu holatda “Kafolat” omonat turi foydaliroq ekan.
Mirzo Ulug‘bekning davlat rahbari sifatidagi iqtisodiyot 
sohasidagi eng ahamiyatli ishlaridan biri bu 1428- yilgi 
pul islohotidir. Ushbu pul islohoti jarayonida muomalada 
bo‘lgan oltin va kumush pullar fulusiy (misdan zarb qilingan) 
pullarga almashtirilgan. Odamlar ushbu yangi pulni “fulusi 
adliya”, ya’ni “adolatli chaqa” deb nomlashar edi. Bu davrda 
tashqi savdoga ham katta e’tibor berildi. Ko‘p mamlakatlar 
bilan savdo aloqalari o‘rnatildi. Ulug‘bek davrida soliq 
Mirzo Ulug‘bek 
(1394-1449)
siyosati qat’iy tartibga solindi.Soliq solish va yig‘ish ishlari tizimli ravishda yo‘lga 
qo‘yildi. Natijada, anchagina mukammal bo‘lgan soliq tizimi vujudga keldi.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin