Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

77
77
76
16- MAVZU
MOL-MULK SOLIG‘I
1. Rasmlar ichidan, sizning fikringizcha, mol-mulk solig‘i solsa bo‘ladigan
mulklarni ajratib ko‘rsating. Nima sababdan bunday tanlaganingizni tushuntirib
berishga harakat qiling.
2. Bino yoki inshoot mol-mulk solig‘i obyekti bo‘lishi uchun o‘z egasiga daromad
keltirishi shart, deb o‘ylaysizmi? Bu haqida mulohaza yuriting. O‘z fikringizni
sinfdoshlaringiz bilan muhokama qiling.
3. Mol-mulkdan olinadigan soliq stavkasini belgilashda nimalarni hisobga olish
lozim, deb o‘ylaysiz?
4. Jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki bo‘la oladigan obyektlarga misollar
keltiring. Ularning farqini tushuntirishga harakat qiling.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN MOL-MULK SOLIG‘I
Jismoniy shaxslar kabi yuridik shaxslar ham mol-mulk solig‘i to‘laydi.
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i obyekti quyidagilardan iborat:
asosiy vositalar, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha
olingan asosiy vositalar;
nomoddiy aktivlar;
tugallanmagan qurilish obyektlari;
belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar.
JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN MOL-MULK SOLIG‘I
Har qanday jismoniy shaxsning ma’lum miqdorda mol-mulki bo‘ladi. Qonunga
ko‘ra, mol-mulkidan soliq to‘lovchi shaxs mol-mulk solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi.
Jismoniy shaxsning mol-mulki esa soliq solish obyekti bo‘ladi.
Soliq kodeksiga ko‘ra, mol-mulk solig‘i obyekti quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli
imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar va inshootlar.
2014- yili mamalakatimizda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk
solig‘i stavkasi mol-mulkning hisoblangan qiymatiga nisbatan 1,2 % miqdorida
belgilangan.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin