79
79
78
Buni yodda tuting!
•
Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bo‘lgan nafaqaxo‘rlar uchun mol-
mulk solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan eng
kam miqdor uy-joy umumiy
maydonining 60 kvadrat metri hajmida belgilanadi.
•
Soliqqa tortilishi shart bo‘lgan mol-mulk egasi mol-mulk solig‘i to‘lovchisi
hisoblanadi.
•
Jismoniy va yuridik shaxsning soliqqa tortiladigan mol-mulki soliq solish
obyekti bo‘ladi.
•
Soliqqa tortiladigan mol-mulkning qiymati har yili 1- yanvardagi holatiga
ko‘ra hisoblanadi.
Mol-mulk solig‘i korxona mol-mulkining o‘rtacha
yillik qoldiq qiymatidan
olinadi.
2014- yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ining stavkasi soliq solish bazasiga
nisbatan 4 % miqdorida belgilangan. Ushbu soliq stavkasi korxona mulkining
qayta baholangan qoldiq qiymatidan undiriladi.
1. Jismoniy shaxslarning qanday mol-mulklari soliq obyekti bo‘la oladi?
2. Egasi bir nechta bo‘lgan mulkdan qanday tartibda soliq olinadi?
3. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini to‘lash muddatlari qanday?
4. Merosxo‘rlar mol-mulk solig‘ini qachondan boshlab to‘laydilar?
5. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i obyekti nimalardan iborat bo‘lishi
mumkin?
6. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i stavkalari qanday?
Ularning
turlicha ekanligini tushuntirib berishga harakat qiling. Nega yuridik shaxslar
uchun mol-mulk solig‘i stavkasi jismoniy shaxslarnikidan yuqori? Fikringizni
asoslab bering.
7. 2014- yil 1- yanvarda “Doniyor Fayz” firmasiga qarashli
bino davlat tomonidan
35 mln so‘m qilib belgilangan bo‘lsa, firma mazkur bino uchun bu yil qancha
mol-mulk solig‘i to‘laydi?
Dostları ilə paylaş: