FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR iste’molga tayyor tovarlar qiymatigina qo‘shiladi. Masalan, traktor g‘ildiragi
traktor ishlab chiqarish jarayonida ishlatilib, traktor tarkibiy qismiga aylansa,
YaIM ga kiritilmaydi, chunki u pirovard mahsulot bo‘lmay qoladi. Traktor esa
YaIM ga kiritiladi, chunki u pirovard mahsulot hisoblanadi. Agar g‘ildirak YaIM
ga kiritilganda edi, uning qiymati ikki marotaba: birinchi safar g‘ildirak sifatida,
ikkinchi safar esa traktorning qismi sifatida YaIM ga kiritilgan bo‘lib qolar edi.
Shu bois, YaIM hisoblanayotganda faqat pirovard ko‘rinishdagi tovarlar inobatga
olinadi. YaIM mamlakat hududida joylashgan, qaysi davlatga tegishli bo‘lishidan
qat’iy nazar barcha korxona, firma va aholi tomonidan yaratilgan mahsulotning
bozor narxlaridagi qiymatidir. BOSHQA MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR Yalpi milliy mahsulot (YaMM)— yil davomida mamlakat fuqarolari tomonidan
(yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar) yaratilgan pirovard ko‘rinishdagi
jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymatidir. Agar YaIMdan
mazkur mamlakat hududida chet ellik fuqarolar va firmalar tomonidan yaratilgan
tovarlar qiymatini ayirib, bu mamlakat fuqarolari va firmalari tomonidan boshqa
davlatlar hududida yaratilgan tovarlar qiymatini qo‘shsak, mazkur mamlakatning
yalpi milliy mahsuloti (YaMM) miqdori hosil bo‘ladi.
Sof ichki mahsulot (SIM) — YaIMdan amortizatsiya ajratmasining ayrilganiga
teng. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida asbob-uskuna, bino kabi asosiy
vositalar eskirib, ular narxining bir qismi shu vositalar ishtirokida tayyorlangan
tovarlar narxiga o‘tadi. Bu amortizatsiya ajratmasi bo‘lib, u yangidan yaratilgan
qiymat emas. Shu bois, YaIMdan jami amortizatsiya ajratmasini ayirib
tashlasak, sof ichki mahsulot (SIM) miqdori topiladi. SIM mamlakatda bir
yilda yangidan yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini
ko‘rsatadi.
Sof milliy mahsulot (SMM)ning qiymati YAMM qiymatidan amertizatsiya
ajratmasdini ayirish yo‘li bilan topiladi.
Milliy daromad (MD) — mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz,
renta kabi barcha daromadlari va korxonalar foydasining yalpi yig‘indisidan iborat.
U SIM dan barcha bilvosita soliqlarni ayirish yo‘li bilan ham aniqlanadi.
Turli mamlakatlardagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligini va aholining
turmush farovonligini taqqoslashda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM qo‘llaniladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM (YaMM) — YaIM (YaMM) qiymatini
mamlakat aholisi soniga bo‘lib topiladi.