Yalpi milliy mahsulot (YaMM) — yil mobaynida mamlakat fuqarolari
tomonidan (yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar) yaratilgan pirovard
ko‘rinishdagi jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati.
Sof ichki mahsulot (SIM) — yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya
ajratmasining ayrilganiga teng.
Milliy daromad (MD) — mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi,
foiz, renta kabi daromadlari va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori.
IQTISODIY O‘SISH VA RIVOJLANISH 20- MAVZU REAL VA NOMINAL QIYMATLAR Ma’lumki, mamlakatning muayyan yildagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
(YaIM, YaMM, SIM, SMM va MD) o‘sha yilda amalda bo‘lgan narxlarda
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarning qaralayotgan yildagi joriy narxlarda hisoblangan
qiymati nominal qiymat deb yuritiladi. Lekin ma’lumki, narxlar yildan yilga
o‘zgarib turadi. Shuning uchun mamlakatning turli yillardagi ko‘rsatkichlari o‘zaro
taqqoslanayotganda, ularning real qiymatidan foydalaniladi.
Formula YaIM real va nominal qiymatlari orasidagi bog‘lanish YaIM r — real qiymat; YaIM n — nominal qiymat;
I — narxlarning oshish indeksi.
YaIMn YaIMr = I 20.1- chizma Yil davomida o‘sish
sur’ati, % hisobida
Iqtisodiy faollik darajasi Cho‘qqi o‘sish
o‘sish
pasayish
pasayish
M N Eng pastki nuqta Vaqt M 1
N 1
Aytaylik, 2005—2008- yillarda mamlakatdagi narx-navo 1,5 baravarga oshgan,
ya’ni bu davrdagi narxlarning oshish indeksi 1,5 ga teng bo‘lib, 2005- yildagi
YaIMning nominal qiymati — 19,35 trln so‘m, 2008- yildagi YaIMning nominal
qiymati esa 36,84 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsin. Bu ko‘rsatkichlarni o‘zaro
taqqoslash uchun ularni bir xil narxlarda hisoblash lozim bo‘ladi. Buning uchun
2005- yildagi narxlar asos qilib olinadi. Bu narxlarda 2005- yilgi YaIM qiymati
berilgan. Endi 2008- yildagi YaIMni 2005- yildagi narxlarda hisoblaymiz. Buning
uchun 2008- yildagi YaIMning nominal qiymatini narxlarning oshish indeksiga
bo‘lsak kifoya. Hosil bo‘lgan qiymat — 24,56 trln so‘m 2008- yilgi YaIMning
2005- yilga nisbatan real qiymatidan iborat bo‘ladi. Shundan so‘ng, 2005- yilgi
YaIM nominal qiymati va 2008- yilgi real qiymati o‘zaro taqqoslanadi va 2008-
yilda 2005- yilga nisbatan YaIM qiymati 24,56 : 19,35 =1,27 baravar oshgan degan
xulosaga kelinadi. Umuman olganda, joriy yildagi iqtisodiy
ko‘rsatkichning biror yilga nisbatan real qiymatini topish
uchun uning nominal qiymati bu davrdagi narxlarning
umumiy o‘sish indeksiga bo‘linadi.
IQTISODIY DAVR Bozor iqtisodiyotining ikki asrlik tarixi, unga to‘lqinsimon
rivojlanish xos ekanligini tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha,
bozor iqtisodiyoti hukm surgan davlatlardagi iqtisodiy
faollik ma’lum davrlarda o‘sib, so‘ng esa pasayib, davriy
ravishda tebranib turar ekan. Mamlakat iqtisodiyotining
bir marta tebranishiga — bir marta o‘sib, so‘ng pasayishiga
ketgan vaqt iqtisodiy davr deb ataladi. 20.1- chizmadagi