95
95
94
Aholining turmush darajasini taqqoslashda, asosan, quyidagilar hisobga olinadi:
1) aholining savodxonlik darajasi; 2) ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasi; 3)
aholining sog‘lomlik darajasi: 4) umr ko‘rish
davomiyligi; 5) shahar aholisining
soni; 6) uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi; 7) oilalarning madaniy-maishiy
tovarlar:
televizor, telefon, shaxsiy kompyuter, internet tarmog‘i, muzlatkich
kabi tovarlar bilan ta’minlanganlik darajasi; 8) ta’limga
ajratilayotgan xarajatlar
miqdori; 9) inson huquqlarining kafolatlanganlik darajasi; 10) jinoyatchilik
darajasi; 11) sog‘liqni saqlashga ajratilgan xarajatlar miqdori; 12)
atrof-muhitning
himoyalanganligi va boshqalar.
Dunyoda aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni
Kanada, Fransiya, Norvegiya, AQSH, Islandiya,
Finlandiya, Niderlandiya,
Yaponiya, Yangi Zelandiya va Shvetsiya kabi davlatlar egallab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: