Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

Amaliy tadqiqot


97
97
96
7 – E. Sariqov, B. Haydarov
1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini
sanab bering.
2. Bu tarmoqlardan qaysi biri respublikamiz iqtisodiyotida yetakchi soha
hisoblanadi?
3. Mamlakatimizdagi ko‘zga ko‘ringan ishlab chiqarish korxonalaridan qaysilarini
bilasiz?
4. Sizningcha, davlat qaysi sohalarga ko‘proq e’tibor berishi kerak?
5. Iqtisodiyotning qaysi sohasida xususiy sektorning ulushi ko‘proq deb o‘ylaysiz? Qaysi
sohalarda kamroq?
6. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarining istiqboli haqida nima
deya olasiz?
7. Respublikamiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishi
(integratsiyasi) haqida nimalar bilasiz?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
IQTISODIY SALOHIYATI
21- MAVZU
 
O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI
Maydoni.
Respublikamiz maydoni 448,9 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi va
u Yer shari quruqlik qismining 0,3 foizini egallaydi. Uning 60 foizi qishloq xo‘jaligiga
yaroqli yerlardir.
Aholisi.
Mamlakatimiz aholisi 2013- yilda 30 million kishiga yetdi. Ishchi kuchi
resurslari aholining yarmini tashkil qiladi. Aholining o‘rtacha yoshi 24 yilni tashkil qiladi.
Tabiiy resurslari.
O‘zbekiston hududida 2700 dan ortiq foydali qazilmalar ning
istiqbolli konlari topilgan. Respublika yer ostidan yiliga qazib olinayotgan foydali
qazilmalarning qiymati 5,5 milliard dollardan ko‘pdir.
O‘zbekiston oltin zaxiralari va qazib chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi
o‘rinlardan birini egallaydi. Respublikamiz yer osti kumushga ham boydir.
Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda
turadi. Uranning topilgan zaxiralari uni 50—60 yil qazib olishni ta’minlaydi.
Respublikamizda 160 dan ortiq gaz, neft, ko‘mir konlari qidirib topilgan va
ochilgan, ularning ko‘pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan
ortiq neft va gaz kondensati olinadi, bu esa o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlaydi.
Har yili respublikamizda 51 milliard 200 million kub metrdan ortiq zangori
yonilg‘i — gaz olinadi. Bu o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlagan holda, uni qo‘shni
davlatlarga eksport qilish im konini ham beradi. Bir yilda qazib chiqariladigan
ko‘mir to‘rt million tonnani tash kil etadi. O‘zbekistonda qidirib topilgan ko‘mirning
umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko‘p.
Sanoati.
Paxta tozalash, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya,
energetika, to‘qimachilik, gaz, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini qayta ishlash, elektrotexnika, radiotexnika va boshqalar. 100 dan
ortiq tarmoqqa mansub 2200 dan ziyod yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat
ko‘rsatmoqda. 1996- yil 19- mayda Andijon viloyatining Asaka shahrida ochilgan
mamlakatimizdagi birinchi avtomobil zavodi “Nexia”, “Tiko” rusumli yengil
avtomobillar hamda “Damas” rusumli kichik avtobusdan yiliga 200 ming dona
avtomashina chiqara boshlagan edi. Hozirgi kunda AQSHning “General Motors”
kompaniyasi bilan qilinayotgan hamkorlik tufayli “Matiz”, Lacetti”, “Orlando”,
“Malibu”, “Cobalt” va “Spark” rusumli jahon standartlariga to‘la javob beradigan
avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Samarqand shahrida esa “Isuzu” rusumli o‘rta
hajmli avtobuslar va yuk avtomashinalari hamda "MAN" rusumli yirik tonnali
yuk avtomashinalari ishlab chiqarilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonda
mashinasozlik sanoati yildan yilga rivojlanib, jahon andozalariga moslashib,
yuksalib borayotganidan dalolat beradi.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin