93 93 92 iqtisodiy davrni olib qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy pasayish
oraliqlaridan iborat bo‘lib, M nuqta bu davrdagi iqtisodiy faollikning eng yuqori
nuqtasi (cho‘qqisi), N nuqta esa eng quyi nuqtasidan iborat ekanligini ko‘rishimiz
mumkin.
Agar iqtisodiy rivojlanishning kattaroq davrini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak,
20.2- chizmada tasvirlangan holatni ko‘rishimiz mumkin. Ta’kidlash joizki,
bu holatda iqtisodiy faollik tebranib tursada, umuman olganda, iqtisodiyotda
ko‘tarilish — o‘sish kuzatilayapti. Iqtisodiyotda kamida olti oy davomida real
YaIMning kamayishi kuzatilsa, bu iqtisodiy pasayishdan dalolat beradi.
IQTISODIY O‘SISH Davlatning eng muhim vazifalaridan biri — mamlakatda iqtisodiy o‘sishni
ta’minlab turishdan iborat. Chunki aholi soni o‘sib, ularning ehtiyojlari kundan
kunga o‘sib boradi. Demak, borgan sari ko‘proq tovar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bunday sharoitda davlat mamlakatning ishlab chiqarish
imkoniyatlarini yuksaltirishi, ya’ni iqtisodiy o‘sishini ta’minlashi lozim bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sish deb, mamlakatda muttasil ravishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish
hajmining oshib borishiga aytiladi. Iqtisodiy o‘sish darajasini bir necha usullarda
hisoblash mumkin. Odatda, iqtisodiy o‘sish — mamlakatdagi real YaIMning o‘sish
darajasi bilan o‘lchanadi. Yuqorida ko‘rilgan misolda 2005—2008- yillari YaIM
ning real qiymati 1,27 marta oshgan bo‘lib, bu — mamlakatda ko‘rib chiqilayotgan
davrda iqtisodiy o‘sish kuzatilganligidan dalolat beradi. Ba’zida, iqtisodiy o‘sish —
YaMMning o‘sish darajasi bilan yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan real YaMM
ning (yoki YaIMning) oshish darajasi bilan ham o‘lchanadi.
20.2- chizma Iqtisodiy faollik darajasi Iqtisodiyotning o‘sish tendensiyasi Vaqt