Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


109
109
108
Bilasizmi?
Birinchi jahon urushidan keyin, 1923- yili Germaniyada narxlar 1,3 trillion
marta oshib, giperinflatsiya kuzatilgan. 1985- yili Boliviyada inflatsiya darajasi
8000 % ga yetgan. 1993- yili Braziliyada inflatsiya darajasi 2148 % ni tashkil
qilgan. 1990- yillar boshida esa sobiq ittifoq respublikalarining barchasida
inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan.
budjetidan maosh oluvchi xizmatchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar, harbiylar, nafaqa
oluvchilar, shuningdek, mablag‘larini jamg‘arayotgan fuqarolar ko‘proq zarar
ko‘radi. Chunki, yillar davomida ular yiqqan pul mablag‘lari tezda qadrsizlanib
qoladi. Shu bois, odamlar banklardan omonatlarini olib, do‘kondan tovarlar
sotib ola boshlashadi. Natijada, tovar tanqisligi vujudga kelishi mumkin. Inflatsiya
darajasini hisobga olmasdan, pulini birovga qarzga bergan kishilar ham inflatsiyadan
ziyon ko‘rishadi.
Giperinflatsiya davrida narxlar yiliga 50 baravardan ham ko‘pga oshadi. Bu
ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish
sur’atlari pasayadi. Tuzilgan bitimlar o‘z kuchini yo‘qotadi, chunki, shartnomadagi
narxlar xomashyo yetkazib beruvchi tomonni qanoatlantirmaydi.
Omonatchilarning o‘z pul mablag‘larini banklardan shoshilinch talab qilishi va
olishi natijasida, banklar bankrotga uchray boshlaydi. Pul mablag‘lari bor banklar ham
qarzga pul berishdan cho‘chib qoladi. Bunday inflatsiya paytida ishlab chiqarilgan
tovarni sotish ham befoyda bo‘lib qoladi. Chunki xomashyo va resurslar narxining
kun sayin oshishi tufayli, tovarni sotishdan tushgan pulga yana shuncha tovar ishlab
chiqarish amri mahol bo‘lib qoladi.
Tadbirkorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmay qo‘yishadi. Ko‘plab ishlab
chiqarish korxonalari yopiladi. Ishsizlar ko‘payadi. Tadbirkorlar faqat qisqa
muddatli savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan bo‘lib qoladi. Chunki bu paytda,
pulni qadrsizlanib ulgurmasdan sarflash kerak bo‘ladi.
Giperinflatsiya davrida davlatning bir maromda kechayotgan iqtisodiy siyosati
izdan chiqadi. Davlat budjetining kamomadi keskin oshib ketadi. Davlat o‘z
zimmasidagi ijtimoiy vazifalarni bajarishga mablag‘ topa olmay qoladi. Mamlakatda
ham iqtisodiy, ham ijtimoiy tanglik vujudga keladi. Giperinflatsiya natijasida
mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalari zarar ko‘radi. 1990- yillar boshida sobiq
ittifoq respublikalarining hammasini inflatsion tanglik qamrab olgan edi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin