Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


- MAVZU INFLATSIYA VA UNING TURLARI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

22- MAVZU
INFLATSIYA VA UNING TURLARI
Sa’dullayevlar oilasining o‘rtacha bir oylik xarajatlari:
Shaxsiy iste’mol tovarlari va xizmatlari — ... so‘m
Uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik mollari
— ... so‘m
Oziq-ovqat
— ... so‘m
Kiyim-kechak
— ... so‘m
Madaniy mollar va xizmatlar
— ... so‘m
Maishiy va boshqa harajatlar
— ... so‘m
Jami oylik chiqim 
 
 
— ... so‘m
1. Jadvalni daftaringizga ko‘chiring. Sa’dullayevlar oilasining bir oylik xarajatlarini
jadvalga taxminan yozing. Jami oylik chiqim miqdorini hisoblang.
2. Agar oziq-ovqatlar narxi 20% ga oshsa, Sa’dullayevlar oilasining oylik xarajatlari
miqdori necha so‘mga ko‘payadi? Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari necha
foizga oshadi?
3. Agar kiyim-kechaklar narxi 10% ga ko‘tarilsa, Sa’dullayevlar oilasining oylik
xarajatlari miqdori necha so‘mga oshadi? Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari
necha foizga o‘sadi?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
o‘rtacha narxiga ko‘paytirib ham aniqlash mumkin. Demak, yuqoridagi fikrlarga
asosan, MV=P Q ko‘rinishdagi Fisher tenglamasi deb nomlangan tenglamani
hosil qilamiz. Bu yerda, M — muomaladagi pul massasi, Vpulning aylanish
tezligi, P — birlik tovarning o‘rtacha narxi, Q — tovar va xizmatlar miqdori.
Fisher tenglamasi har qanday davlat iqtisodiyoti uchun o‘rinli bo‘lib, pul muomalasi 
qonuni deb ham ataladi.
INFLATSIYA 
Agar mamlakat iqtisodiyotida muomaladagi pul miqdori ko‘payib ketsa, pul
muomalasi qonuniga ko‘ra, Fisher tenglamasidagi muvozanatni tiklash uchun yoki
tovar va xizmatlar hajmini ko‘paytirish yoki tovar va xizmatlarning o‘rtacha narxini
oshirish kerak bo‘ladi. Lekin tovar va xizmatlar hajmini bir zumda oshirishning
imkoni yo‘q. Shuning uchun, muomaladagi pul miqdorining o‘sishi, odatda,
narxlarning oshishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda o‘rtacha narx-navoning muttasil oshib borish jarayoniga inflatsiya
deb ataladi. Inflatsiya, o‘z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib
keladi. Pulning qadrsizlanishi deb, unga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar
miqdorining kamayishiga aytiladi. Pulning qadri tovarlar narxining arzon yoki
qimmatlashishiga qarab o‘zgarib turadi. Agar narxlar qimmatlashsa, ma’lum
miqdordagi pulga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori kamayadi. Bu esa
pulning qadrsizlanganligidan dalolat beradi. Aksincha, agar bozordagi narxlar
arzonlashsa, ma’lum miqdordagi pulga ko‘proq tovar sotib olish mumkin bo‘ladi.
Bu pul qadrining oshganligini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda o‘rtacha narx-navoning
muttasil pasayib borish jarayoniga deflatsiya deyiladi. Inflatsiya makroiqtisodiy
jarayon bo‘lib, u mamlakat iqtisodiyotining hamma sohalarini qamrab oladi va
deyarli barcha tovar va xizmatlar narxining oshishiga olib keladi.
Irving Fisher o‘z ilmiy faoliyatining asosiy qismini iqtisodiyot
fanining tovar-pul munosabatlariga oid masalalar bo‘yicha
nazariy izlanishlar olib borishga bag‘ishladi.
Uning ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli olib borishida
matematika bo‘yicha chuqur ma’lumoti qo‘l keldi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin