Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

INFLATSIYAGA QARSHI CHORALAR
Inflatsiyaning oldini olishga qaratilgan choralarni faqat davlat amalga oshirishi
mumkin. Bu vazifa davlatning asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Davlatning inflatsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
Buni yodda tuting!
• 
Yuqori darajali inflatsiya mamlakat iqtisodiyoti uchun sezilarli zarar
yetkazadi.
• 
Inflatsiyadan ko‘proq davlat budjetidan maosh oluvchilar va omonatchilar
zarar ko‘radi.
• 
Inflatsiyani muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirish va ishlab
chiqarishni rag‘batlantiruvchi choralar yordamida jilovlash mumkin.
1. Muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirish. Muomaladagi pul massasi
uning aylanish tezligiga va ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar qiymatiga asta-
sekin moslashtirib boriladi. Aholining mablag‘larini banklarga qo‘yishga yoki davlat
tomonidan chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olishga undaladi. Bankdagi
aholi omonatlari ma’lum muddatga “muzlatiladi”. Pul massasining kamayishi
talabning kamayishiga, narxlarning o‘sishdan to‘xtab, pasayishiga olib keladi.
2. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish. Davlat pul massasini kamaytirish
bilan birga, tovar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida ishlab chiqarish
korxonalarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Ularga imtiyozli kreditlar beradi,
soliq imtiyozlarini joriy qiladi. Natijada, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi
oshib, muomaladagi ortiqcha pullar tovar bilan ta’minlanadi. Tovarlar taklifining
oshishi, narxning pasayishiga olib keladi.
1. Inflatsiyaning salbiy oqibatlarini ayting va sharhlang.
2. Davlat inflatsiyaga qarshi qanday chora-tadbirlar ko‘rishi lozim?
3. Inflatsiya paytida o‘z mablag‘laringizni saqlab qolish maqsadida qanday yo‘l
tutgan bo‘lar edingiz? Bu davlatning chora-tadbirlariga mos keladimi?
4. Inflatsiyadan kimlar yutadi? Javobingizni asoslang.
5. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflatsiyani to‘la yo‘qotishning imkoni bormi?
Javobingizni asoslang.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin