Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə103/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Birinchi usulbu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondoshuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondoshuv. Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub’ekti – uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin.
Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari. Bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg’arishga qiladigan sarflaridir. Invectitsion capflap acocan uchta qicmdan ibopat: a) tadbipkoplap tomonidan mashina, yskuna va ctanoklapning bapcha xapidi; b) bapcha qupilishlap; v) zahipalapning o‘zgapishi.
Davlat sarflari (DS) – bu mahculotlapni va iqtisodiy pecupslapni, xucucan ishchi kuchini cotib olishga davlatning (boshqapuvning quyi va mahalliy opganlapi bilan bipga) qilgan bapcha capflapini o‘z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog’liq. Buni hisoblash uchun eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Bu farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi.
Demak, YaIM = Iste’mol + Yalpi jamg’arish + DS + Sof eksport.
Uchinchi usul – bu YaIMni hisoblashga daromadlar bo‘yicha yondoshuv.
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo‘jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YaIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.
5-jаdvаl. YAIMni hisоblаshgа sаrflаr vа dаrоmаdlаr bo‘yichа yondоshuv


Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin