Iqtisodiy bilim asoslari


-chizma. Yalpi talab egri chizig’i



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə106/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

24-chizma. Yalpi talab egri chizig’i


Foiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o‘sishi bilan pulga bo‘lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining o‘zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida foiz stavkasining o‘sishi iste’mol va investitsiya sarflari hajmini pasaytiradi. CHunki foiz stavkalarining oshib ketishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olish uchun kredit olishni samarasiz qilib qo‘yadi. SHuningdek, tadbirkorlar ham foizning yuqori darajasida o‘zlarining nisbatan past daromad keltiruvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kechadilar.
Boylik samarasi. U ba’zida real kassa qoldiqlari samarasi deb ham atalib, narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aksiya va obligatsiyalar) real qiymatining pasayishini anglatadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi.
Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o‘zgarishining u yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi milliy iste’molchi uchun chetdan xorijiy tovarlarni olib kelishni foydali qilib qo‘yadi. O‘z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy iste’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi. Eksport hajmining kamayishi va import hajmining oshishi sof eksportning va, pirovardida, yalpi talab umumiy hajmining qisqarishiga olib keladi.
Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Quyida ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz:
1. Iste’mol sarflaridagi o‘zgarishlar. Narx darajasining o‘zgarishiga bog’liq bo‘lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta’sirida iste’molchilar xaridi hajmida o‘zgarish ro‘y berishi mumkin. Bu iste’molchi farovonligi, iste’molchining kutishi, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o‘zgarishi natijasi hisoblanadi.
Iste’molchining farovonligi iste’molchi ega bo‘lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko‘chmas mulklarga egaligiga bog’liq bo‘ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilish hajmining kamayishiga olib keladi. Iste’mol sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy boyliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste’mol sarflari o‘sadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi o‘zgarmay qolganda iste’molchi farovonligining o‘sishiga olib kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi narx umumiy darajasining o‘zgarishiga bog’liq bo‘lmagan holda iste’molchi farovonligining pasayishiga olib keladi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin