4.Taklif tushunchasi, Taklifning hajmiga va miqdoriga ta’sir etuvchi omillar.
Ma’lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdoritaklif deyiladi.
Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 7-jadvalda ko‘rsatilgan.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g’ri bog’liqlikdagi o‘zgarishitaklif qonuni deyiladi.
7-jadval Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog’liqlik
1 kg un narxi (so‘m)
1 oy davomida unning yakka taklifi miqdori (kg)
1 oy davomida unning bozor taklifi miqdori (tn)
350
300
250
200
150
60
50
30
20
10
6
5
3
2
1
Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag’batlantirish vazifasini bajaradi.
Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g’ridan-to‘g’ri bog’liqlikni ko‘rsatuvchi 7-jadvaldagi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig’ini tasvirlash mumkin (10-chizma).
R,so‘m S
3 50
300
250
200
150 S
100
50
0
1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna