Iqtisodiy bilim asoslari


-chizma. Muvozanatli narx



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə55/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

11-chizma. Muvozanatli narx

Grafikda narxning 350 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 150 so‘m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi.


Тalab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.
Тalabning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
,
Bu yerda: Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
R – narxlarning foizli o‘zgarishi.
Тalab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud bo‘ladi. Ularning asosiylari quyidagilar:
1. Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi. Iste’molchiga biror mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi.
2. Mahsulot qiymati (narxi)ning iste’molchi daromadidagi salmog’i. Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o‘rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi.
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi.
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig’i qancha uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 10%ga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa o‘tkazishi mumkin.
Iste’molchi daromadining 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
,
Bu yerda: Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
D – daromadning foizli o‘zgarishi.
Тaklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning 1%ga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi.
Тaklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
,
Bu yerda: Q – taklif miqdorining foizli o‘zgarishi;
R – narxlarning foizli o‘zgarishi.
Iste’molchining bozordagi hatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi.
Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin