Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3 kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir.
Тartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda ularning nisbatiga bog’liq. Тalabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni kengaytirishi, askincha hol esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqsartirrish zarurligini bildiradi.
Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z raqiblarini yengish uchun narxni pasaytirish usulidan foydalanishlari mumkin.
Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi.
Shunday qilib, narx bozor munosabatlarining vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog’langan muhim vazifalarni bajaradi.
4.Narx siyosati va uning O‘zbekistonda amalga oshirilish xususiyatlari.
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruriyatini tug’diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narxlar. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko‘rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar birjalari va savdo uylarida ham qo‘llaniladi.