Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə66/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Shartnoma narxlar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. SHartnoma narxlar odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o‘zgarmaydi. Mazkur narxlar ham milliy va ham xalqaro bozorda qo‘llaniladi. U xalqaro bozorda qo‘llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.
Chakana narxlar. Bu narxlarda tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladi. CHakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. CHakana narx tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni bog’lovchi rolini o‘ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solishlik faoliyati chegaralangan (limitlangan) va dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. Chegaralangan narxlarda davlat narxlarning yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx — bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi.
Demping narx. Bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi.
Sotish hajmini o‘zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar nufuzli narxdan foydalanadi. Bu narxni qo‘llash uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog’liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin