Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə72/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Kooperativ tadbirkorlik – jamoa tadbirkorligining alohida shakli bo‘lib, jamoa mulkiga asoslanadi va kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo‘shilishi (xususiy mulkchilikda bunday qo‘shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi); kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi; ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqliligi; jamoaning o‘z-o‘zini boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg’unligi yuzaga kelishi va h.k.
Хususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Тadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menedjeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo‘ladi. Хo‘jalik xuquqi nuqtai-nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega bo‘lib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad solig’ini to‘laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar xizmati ko‘rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Тabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik (aksionerlik) jamiyatlaridir.
Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog’ozdir.
Hozirgi kunda bizning respublikamizda korxonalarni aksionerlashtirishning ikkita yo‘nalishi tarkib topdi: birinchi yo‘nalishda o‘zining huquqiy maqomi o‘zgartirmaydigan, davlat mulki bo‘lib qoladigan korxonalar, ikkinchi yo‘nalishda o‘zining huquqiy maqomini o‘zgartirib to‘liq hissadorlik jamiyatiga aylangan korxonalar aksiya chiqaradi.



Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin