Bunda mulkchilik munosabatlaridan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarni muayyan yer maydoniga mulkchilik sharoitidagi 4 ta holat orqali ko‘rib chiqamiz.
Birinchi holat. Yerning mulkiy egasi yer egasi bo‘lib, yerda uning o‘zi mehnat qiladi va tabiiyki, ishlab chiqarish natijasini ham o‘zi o‘zlashtiradi.
Ikkinchi holat. Yer egasining yerda ishlash uchun vaqti yetarli bo‘lmaganidan yollanma ishchi mehnatini qo‘llay boshladi. Natijada yerdan foydalanish, ya’ni uning iste’mol xususiyatlaridan bevosita foydalanish huquqi ishchiga o‘tdi. Bunda yer egasi ishchining mehnati uchun ma’lum ish haqi to‘laydi, biroq, ishlab chiqarish natijasini o‘zlashtirishni o‘z ixtiyorida saqlab qoladi.
Uchinchi holat. Yer egasi yerning holatini va yollanma ishchi ustidan nazorat uchun ham vaqt topa olmay, yerni uzoq muddatga ijarachiga topshirdi. Ijarachi yerga egalik qiluvchi va, unda shaxsan o‘zi ishlagani uchun, yerning foydalanuvchisiga aylandi. Ishlab chiqarish natijasini yer egasi (ijara haqi ko‘rinishida) va ijarachi birgalikda o‘zlashtiradi.