Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə24/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Тo‘rtinchi holat. Endi ijarachining o‘zi ham yerda mehnat qilmay, yollanma ishchidan foydalana boshladi. Natijada yer bo‘yicha mulkiy huquqlarning yanada tabaqalanishi ro‘y berdi: yerdan foydalanuvchi – ishchi, uning egasi – ijarachi (ijara shartnomasi muddati davomida), tasarruf etuvchisi – yer egasi. Ishlab chiqarish natijasi ijarachi va yer egasi o‘rtasida taqsimlanib, ishchi uchun ish haqi to‘lanadi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo‘lishini shart qilib qo‘yadi.
Mulkchilik ob’yektlari – bular mulkka aylangan barcha boylik turlaridir. Demak, mulk ob’ekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo‘g’in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi.
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi.
Mulk sub’yektlari – bular jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo‘lgan, mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilaridir. Ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo‘lib chiqadi.
Mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini o‘zlashtirish bo‘yicha mulk sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:
Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu mulkni o‘zlashtiruvchi yuqorida ko‘rsatilgan sub’ektlar ham turli darajada bo‘ladi. Masalan, davlat mulkining bevosita sub’ektlari respublika hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning mehnat jamoalari a’zolari bo‘lishi mumkin.
Jamoa mulk sub’ektlari (tasarruf etuvchilar) sifatida jamoa korxonalari, koperativlar, xo‘jalik jamiyati va shirkatlari, aksionerlik jamiyatlari, xo‘jalik birlashmalari (uyushmalari), jamoat va diniy tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Aralash mulk, ya’ni huquqiy shaxslar va fuqarolarning mulki ham mavjud bo‘lishi sababli, bu mulk sub’ektlari sifatida qo‘shma korxonalar, xorijiy fuqarolar, xorijiy tashkilotlar va xorijiy davlatlar chiqadi.
Shunday qilib, mulk sub’ektlari ko‘p darajali bo‘lib, shu sub’ektlardan birontasi o‘zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.
Mulkchilikning to‘liq «huquqlar to‘plami» o‘z ichiga quyidagi 11 ta huquqni oladi:


  1. Yüklə 4,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin