Тovar ishlab chiqarish, ya’ni tovar xo‘jaligida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo‘ladi. Тovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi shundaki, bunda tovar yoki xizmat o‘zining iste’moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi.
Natural va tovar xo‘jaliklarining bir-biridan farqini 5-jadval orqali ko‘rish mumkin.
5-jadval
Natural va tovar xo‘jaligining bir-biridan farqlanishi
Asosiy jihatlar
|
Natural xo‘jalik
|
Тovar xo‘jaligi
|
1. Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish maqsadi
|
Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish
|
Boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldi-sotdi qilish
|
2. Ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi
|
Ehtiyojlar va imkoniyat-lardan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi
|
Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqaruvchining xususiy manfaati asosida aniqlanadi
|
3. Iste’molchini o‘ziga jalb etish uchun kurash
|
Bunday kurash mavjud emas
|
Bunday kurash mavjud va tovar xo‘jaligining rivojlanishi bilan kuchayib boradi
|
4. Ishlab chiqarilgan mahsulotning iste’mol qilinishi darajasi
|
Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar to‘laligicha iste’mol qilinadi
|
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ayrim turlari va qismlarining sotilmay qolishi, ya’ni iste’mol kilinmasligi
|
5. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari
|
Ishlab chiqarish jarayonida faqat o‘zining va oila a’zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi
|
Ishlab chiqarish jarayonida yollanma ishchi kuchidan ham foydalanish mumkin
|
Тovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o‘lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o‘ziga xos usulidir. Natural xo‘jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo‘jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o‘tish yo‘li bilan boradi. Тovar xo‘jaligining va umuman ayirboshlash vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari qanday? Bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir, bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jixatdan bir–biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o‘z mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar. Nihoyat, uchinchidan, bozor vujudga kelishining muhim shart–sharoitlaridan biri erkin ayirboshlash hisoblanadi.
Umuman, tovar ishlab chiqarish natural ishlab chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga, ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishiga ko‘proq darajada imkon yaratadi.
Тovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Тovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Bir qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsulidir. Yoki, boshqacha aytganda, tovar - biron-bir naflilikka (iste’mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo‘lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi; ikkinchidan, u o‘zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Тovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo‘lib, u iste’mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.
Dostları ilə paylaş: |