Iqtisodiy bilim asoslari


Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə34/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari bo‘lib avstriya maktabi vakillari K.Menger(1840-1921), F.Vizer(1851-1926), Ye.Bem-Baverk(1851-1914) va boshqalar hisoblanadi.
Mazkur nazariyaga ko‘ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lishi sababli qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, faqat tovarning nafliligi mehnat sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb nomlanadigan tavsif berishi mumkin.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining sub’ektiv narxini bildiradi. Bu sub’ektiv narx ikki omilga bog’liq: mazkur ne’matning mavjud zahirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi muammosini o‘rmonda yashovchi chol ega bo‘lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo‘lgan psixologik hayol orqali tasvirlab ko‘rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq–ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to‘rtinchisi – pivo tayyorlash, beshinchisi – cholning o‘z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko‘ngilxushlik qilishi uchun. Demak, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo‘q ekan, chol uchun ularning nafliligi beshinchi, so‘nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi, ya’ni har bir ne’matning so‘nggi qo‘shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo‘lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Тovarlarning qiymatini aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qo‘shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo‘li bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. Uning nazariyasida qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi), ham taklif (tovar ishlab chiqarish harajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.



Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin