Iqtisodiy indekslar to‘g‘risida tushuncha, ularning vazifalari va tasniflash belgilari



Yüklə 209,67 Kb.
səhifə6/9
tarix24.12.2023
ölçüsü209,67 Kb.
#191840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
IQTISODIY INDEKSLAR

4. O‘rtacha indekslar


Agregat indekslarni hisoblash uchun ikki turkumdagi ko‘r­sat­kich­lar bo‘lishi zarur. Ulardan biriindekslashtiriladigan miqdorlar, ikkinchis ularning vaznlari. Ammo ushbu ko‘rsatkichlar ama­li­yot­da har doim ham bo‘lavermaydi. Shunday holatlar uchragan taq­­dir­­da o‘rtacha indekslar qo‘llaniladi. O‘rtacha indekslar agregat in­dekslar asosida hosil qilinadi.
Agar agregat indekslarning sur’atidagi indekslashtiriladigan miqdor noma’lum bo‘lib, hodisalarning bazis davridagi hajmi va indekslashtirilayotgan miqdorning indeksi ma’lum bo‘lgan taq­dirda o‘rtacha tortilgan arifmetik indeksi qo‘llaniladi:
Buning uchun mahsulotning fizik hajmi umumiy indeksi sur’­atidagi «q»ni uning teng qiymati «iqq0» bilan ajratamiz. U holda quyidagi ko‘rinishdagi mahsulotlar miqdor indeksining o‘rtacha tortilgan arifmetik formulasini olamiz:



Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib, mahsulotlar fizik miqdorining o‘rtacha tortilgan arifmetik formulasini qo‘l­lash yordamida aniqlaymiz. Dastlab mahsulotlar miqdorlarining yak­ka indekslarini aniqlaymiz:


Don bo‘yicha:
Paxta bo‘yicha:
Shundan so‘ng ushbu yakka indekslar va sotilgan mahsulot fizik miqdori agregat indeksining maxrajida keltirilgan bazis dav­rida sotilgan mahsulotlar hajmi (qiymati) ko‘rsatkichlari (q0p0) dan foydalanib, mahsulotlar fizik hajmi o‘rtacha tortilgan arif­me­tik indeksini aniqlaymiz:


yoki 120,3%
Ushbu hisobdan ko‘rinib turibdiki, o‘rtacha tortilgan arif­me­tik indeks yuqorida bayon qilingan miqdoriga to‘liq mos keladi. Qo­i­daga ushbu ikki indeks qanday raqamlar asosida hisob­lan­masin, bir-biriga mos kelishi shart, mos kelinmasa hisoblarda xa­toga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi.
Agar bahoning agregat indeksi maxrajidagi R0 o‘rniga uning teng qiymati p1:ip qo‘ysak, yoki q1p0 ni q1p1:ip nisbati bilan al­mashtirsak, u holda baho agregat indeksi o‘rniga quyidagi o‘rtacha garmonik tortilgan ko‘rinishdagi formulaga ega bo‘lamiz:

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida bahoning o‘rtacha tortilgan garmonik indeksini hisoblaymiz. Buning uchun avvalo bahoning yakka indekslari aniqlanadi:
Don bo‘yicha
Paxta bo‘yicha
Shundan so‘ng ushbu yakka indekslar va bahoning umumiy agregat indeksi asosida bahoning o‘rtacha tortilgan garmonik indeksini aniqlaymiz:

yoki 113,8%
Shunday qilib, o‘rtacha indekslar agregat indekslardan kelib chiqadi. Shuning uchun o‘rtacha indekslarning natijalari agregat indekslarning natijalariga teng kelishi shart.



Yüklə 209,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin