Iqtisodiy-statistik tahlilda bir qator usullar qo‘llaniladi. Shular orasida indeks usuli alohida o‘rinni egallaydi. Hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik funksional shaklda bo‘lgan hollarda indeks usulidan foydalanib, tahlilni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Masalan, mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum hajmi (sotilgan mahsulotlar qiymati) ning o‘zgarishi bevosita quyidagi ikki omil hisobiga sodir bo‘ladi:
Sotilgan mahsulot fizik miqdorining o‘zgarishi.
Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi.
Sof pul tushumi (natijaviy belgi) bilan omilli belgilarning (ikki omilning) o‘zaro bog‘liqligini agregat indekslar orqali ifodalab, statistik tahlilni amalga oshiramiz:
Mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum dinamikasining o‘zgarishi sof tushum agregat indekslar orqali ifodalanadi:
Bunda: – hisobot yilida mahsulotlarni sotishdan
olingan sof tushum hajmi (summasi);
– bazis yilida mahsulotlarni sotishdan
olingan sof tushum hajmi (summasi);
Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, sof tushum hajmining o‘zgarishi sotilgan mahsulotlar fizik miqdorlari o‘zgarishi bilan ularning baholarining o‘zgarishi hisobiga sodir bo‘ladi. Shuning uchun ushbu omilli belgilarning ta’sir kuchini ularning indekslarini aniqlash orqali ko‘rsatish mumkin.
Sotilgan mahsulotlar fizik miqdorining agregat indeksining aniqlash uchun hisobot yilida sotilgan mahsulotlar fizik miqdori (q1) bilan bazis yilidagi bahosi (p0) bo‘yicha hisoblangan qiymatini (shartli hajmini – q1p0) bazis yilida sotilgan mahsulotlar qiymatiga (q0p0) bo‘lishi kerak:
Ushbu indeks, birinchidan, sotilgan mahsulotlar fizik hajmining hisobot yilida bazis yiliga nisbatan o‘rtacha qancha foizga oshganligi yoki kamayganligini ko‘rsatadi. Ikkinchidan, sotilgan mahsulotlar fizik miqdorlarining o‘zgarishi tufayli sof tushum hajmining qancha foizga oshganligi yoki kamayganligini ifodalaydi.
Surati bilan maxraji orasidagi farq sotilgan mahsulotlar fizik miqdorlarining o‘zgarishi tufayli sof tushum hajmining mutlaq o‘zgarishini, ya’ni necha ming so‘mga oshgan yoki kamayganligini bildiradi.
Sof tushum hajmi o‘zgarishiga sotilgan mahsulotlar bahosining o‘zgarishining ta’sirini bahoning umumiy (agregat) indeksi yordamida aniqlanadi. Bu indeksni hisoblash uchun hisobot yilida sotilgan mahsulotlar qiymati (q1p1) ni ularning shartli qiymatiga bo‘lish kerak:
Ushbu indeks, birinchidan, sotilgan mahsulotlarning bahosi o‘rtacha hisobot yilida bazis yiliga nisbatan necha foizga oshganligini ifodalaydi. Ikkinchidan, baholarning o‘zgarishi tufayli mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum hajmi qancha foizga oshganligi yoki kamayganligini ko‘rsatadi.
Formulaning surati bilan maxraji orasidagi farq sotilgan mahsulotlar baholarining o‘zgarishi tufayli sof tushum hajmining mutlaq necha ming so‘mga oshgan yoki kamayganligini ifodalaydi.
Sotilgan mahsulotning fizik hajmi (miqdori) indeksi bilan baho indeksi ko‘paytmalarining yig‘indisi mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum indeksiga teng kelish kerak, chunki ular bir-biri bilan uzviy bog‘langan indekslardir. Ushbu indekslarning o‘zaro bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin:
Ushbu indekslar orqali sof tushum hajmi dinamikasining o‘zgarishiga umumiy xulosa qilinadi, ya’ni sotilgan mahsulot qiymatining (sof tushumning) necha so‘mga yoki necha foizga oshgan (kamaygan) ligi va shu jumladan, mahsulot fizik miqdorining oshgan (kamaygan) ligi tufayli sotilgan mahsulot qiymati necha so‘mga yoki necha foizga oshgan (kamaygan) ligi hamda bahoning oshishi (pasayishi) tufayli mahsulot qiymati necha so‘mga yoki necha foizga oshgan (kamaygan) ligi ko‘rsatilib xulosa qilinadi.
Biz yuqorida sotilgan mahsulot qiymatining bazis yilga nisbatan o‘zgarishining sabablarini o‘zaro bog‘langan indekslar yordamida ko‘rib chiqdik. Xuddi shu tarzda boshqa qator ijtimoiy hodisalarning bog‘liqligini o‘zaro bog‘langan indekslar yordamida iqtisodiy-statistik tahlil qilish mumkin. Bularga misol qilib, ishlab chiqarish xarajatlar hajmini o‘rganishda tannarx indeksi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori indeksi va ishlab chiqarish xarajatlari indeksini keltirish mumkin:
Ushbu indekslarni o‘zaro bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin:
Yalpi hosil dinamikasini o‘rganishda yalpi hosil indeksi ( ), hosildorlik indeksi ( ) va ekin maydoni indeksidan ( ) foydalaniladi. Bularni o‘zaro bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin: