Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash mundarija: kirish


YAIMni daromadlar(taksimot usuli) bo`yicha xisoblash. Milliy xisobchilik tizimidagi boshka ko`rsatkichlar



Yüklə 91,93 Kb.
səhifə3/8
tarix02.06.2023
ölçüsü91,93 Kb.
#122533
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash mundarija kirish

1.2. YAIMni daromadlar(taksimot usuli) bo`yicha xisoblash. Milliy xisobchilik tizimidagi boshka ko`rsatkichlar.

YAIMni daromadlar bo`yicha aniklashda yakuniy maxsulotni ishlab chikarish jarayonida rezident-ishlab chikarish birliklari tomonidan, ko`shilgan kiymatlar xisobidan, to`langan dastlabki daromadlar ko`shib chikiladi.


YAMMni daromadlari yigindisi ko`rinishida xisoblashda asosan kuyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvostia soliklar (Tn) – bilvosita soliklar(ko`shilgan kiymat soligi, aktsizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar xajmlari o`rtasidagi fark;
- yollanma ishchilarning ish xaklari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga xisoblagan barcha turdagi mexnat xaki to`lovlarining nominal mikdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish xaki fondiga nisbatan xisoblanib to`lanadigan ijtimoiy sugurta ajratmalari. O`zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2017 yilda ish xaki fondiga nisbatan 31% bo`lgan bo`lsa. 2006 yildan boshlab 25 % kilib belgilandi
- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar- kichik xajmdagi, uy xo`jaliklariga tegishli korxonalar bo`lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish xaki elementlari o`zaro ko`shilib ketgan bo`ladi. Bu xolat aralash daromad atamasini ko`llashga sabab bo`ladi.
R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizatsiya (A);
YAIMni daromadlar ko`rinishida yalpi ko`shilgan kiymatni ko`rsatilgan uch guruxga bo`lib topish mumkin:
YAIM = Tn + W+R
Olingan dastlabki daromadlar kayta taksimlanishi natijasida dividend, renta, to`gridan to`gri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko`rinishidagi daromadlar paydo bo`ladi.
SHuningdek, YAIMni daromadlar ko`rinishida aniklashda, iktisodiy nazariyada, daromadlarni kuyidagi komponentlarga bo`lish ko`zda tutiladi:
-amortizatsiya (A);
- bilvostia soliklar (T)
-yollanma ishchilarning ish xaklari (W)
- ijara xaki to`lovi va renta ko`rinishidagi daromadlar(R1);
- kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (R1);
-korporatsiya foydasi (R2).
Korporatsiyalar foydasi o`z navbatida kuyidagilarga bo`linadi:
a) korporatsiyasi foydasidan to`lanadigan soliklar (R1.1);
b) xissadorlar o`rtasida taksimlanadigan dividendlar(R1.2);
v) korporatsiyaning taksimlanmagan foydasi(R1.3).
Keltirilgan yondoshvuga ko`ra:
YAIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + R1 + R2
Xarajatlar va daromadlar ko`rinishida xisoblab topilgan YAIM xajmi o`zaro mos keladi. CHunki milliy iktisodiyot doirasida bir sub`ekt tomonidan kilingan xar kanday xarajat ikkinchi sub`ekt uchun daromad bo`lib tushadi.Milliy xisobchilik tizimidagi boshka ko`rsatkichlar.Milliy xisobchilik tizimiga ko`ra milliy iktisodiyot rivojlanishini taxlil etish uchun YAIM ko`rsatkichidan boshka yana bir kator ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko`rsatkichlar jumlasiga YAlpi milliy daromad (YAMD) ko`rsatkichi xam kiradi. Bu ko`rsatkich MXTning oldingi ko`rinishida xisoblangan YAlpi milliy maxsulot (YAMM) ko`rsatkichi bilan moxiyatan bir xil.
YAMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashkarisida, ishlab chikarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlangich daromadlari yigindisidir.
YAIM va YAMD ko`rsatkichlari o`rtasidagi farkni kuyidagi formula ko`rinishida tasavvur etish mumkin:
YAMD = YAIM + mamlakat rezidentlaroi tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo`natgan daromadlari.
YAIMva YAMD ning printsipal farklari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlri tomonidan ishlab chikarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar okimini o`lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlangich daromadlarni o`lchaydi.
Sof ichki maxsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko`rsatkichlariYAIM va YAMD ko`rsatkichlaridan amortizatsiya (iste`mol kilingan asosiy kapital) summasi mikdoriga fark kiladi.
SIM = YAIM - A
SMD = YAMD - A
Makroiktisodiy taxlilda shuningdek MXTga kirmagan SHaxsiy daromad (SHD) ko`rsaikichi xam ko`laniladi.
SHD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sugurta ajratmalari) + T (bilvosita soliklar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliklar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taksimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to`lovlari (TR) + foizlar ko`rinishida olingan shaxsiy daromad
Foizlar ko`rinishida axoli olgan daromadga davlat karzlari bo`yicha olingan foiz daromadlari xam kiritiladi.
SHaxsiy daromaddan axoli to`laydigan daromad soligi, mulk soligi va ayrim nosolik to`lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (SHTD) ko`rsatkichi topiladi.
SHTD uy xo`jaliklari tomonidan iste`mol (C) va jamgarish (S) uchun ishlatiladi.
SHTD =C + S
Makroiktisodiy taxlilda uy xo`jaliklarining SHTD va YAlpi milliy tasarrufdagi daromad (YAMTD) ko`rsatkichlari o`zaro farklanadi.
YAMTD= YAMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashkarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashkariga berilgan transfertlar)
YAlpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste`mol va milliy jamgarmish uchun ishlatiladi.
YAMTD= YAkuniy iste`mol +Milliy jamgarmalar
YAkuniy iste`mol uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlaridan tashkari xukumatning iste`molga xarajatlarini xam o`z ichiga oladi. Milliy hisoblar tizimi — mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarishdan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimit. negizini ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamo-yili tashkil etadi. Bu tizim yer va ka-pitalni mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan konsepsiyaga asoslanadi. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi koʻrsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosida qoʻshilgan qiymat, yaʼni shu jarayonda isteʼmol etilgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatiga ("oraliq isteʼmol" qiymatiga) qoʻshilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki iktisodiyot faoliyati natijalarining jamlanma hisoblamalari tuziladi: YAIM ning shakllanishi va undan foydalanishning jami bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan (har bir hisoblamada, bir tomondan, koʻrilayotgan koʻrsatkichni tashkil etadigan resurslar, ikkinchi tomondan — ulardan foydalanish keltiriladi) tovarlar va xizmatlar hisobi; ishlab chiqarish hisobi; daromadlarning hosil boʻlish hisobi; daromadlarning taqsimlanishi hisobi; daromadlardan foydalanish hisobi; kapital harajatlar hisobi; moliyaviy hisob. Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi, boshqa hisoblar va balanslar bilan toʻldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlari aks etishi tufayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: ishlab chiqarish, taqsimot va pirovard foydalanish usullarini qoʻllab aniqlash imkoniyati yaratiladi. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija bilan tugallanadi, deb qaraladi, demak xalq xoʻjaligidagi barcha mehnat harajatlari foydali mehnatdir. Milliy hisoblar tizimi ishlab chiqarishdan boshlanib, daromadlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga oʻtadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qogʻozlar, oʻrta va qisqa muddatli zayomlar koʻrinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazardan ifodalash bilan yakunlanadi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni oʻrganish va tahlil qilish uchun xalq xoʻjaligi balansinit koʻrsatkichlar tizimidan foydalanilgan. Ularning asosida A. Smit, K. Marksning siyosiy iqtisod taʼlimotlari: xalq xoʻjaligini moddiy neʼmat ishlab chikaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, jaʼmi ijtimoiy mahsulot, milliy daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish nazariyalari yotar edi. Unda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi farovonligi va turmush darajasiga baho berish, mehnatga haq toʻlash, davlat byudjeti, kredit, toʻlov balansi kabi tushunchalar va tasniflashlar yetarlicha yoritilmas edi. Milliy hisoblar tizimit. esa bu kamchiliklarni bartaraf etib, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi. Zamonaviy Milliy hisoblar tizimini yaratish va uni takomillashtirishga iqtisodchi olimlardan J.Keyns, V. Leontyev, S. Kuznets, R. Stoun, K. Klark va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Butun dunyo kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini qamrab olgan 1929—1933-yillardagi inqiroz davlat ijtimoiy bozor faoliyatini bir tomonlama, faqat kuzatib turish emas, balki uning ichki mohiyatni tahlil qilib muvofiklashtirib turishi lozimligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib "davlatlarning aktiv iqtisodiy roli"ni bajarish uchun mamlakatlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini hisoblaydigan tizimni — Milliy hisoblar tizimit.ni yaratish zaruriyati tugʻildi. Dastlabki vaqtda Milliy hisoblar tizimit. milliy daromad koʻrsatkichini hisoblashga qaratildi. 20-asrning 30-yillarida Angliya, Avstriya, Fransiya, Norvegiya, Germaniya va AQShda milliy daromad koʻrsatkichi hisoblandi. 40—50-yillarda kapitalistik mamlakatlarda Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash kengaya bordi va Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan soʻng davlatni boshqarish tizimida Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash zaruriyati yanada kuchaydi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar — milliy mahsulot, milliy daromad, isteʼmol, jamgʻarma (kapital qoʻyilmalar) va h.k.lar hisoblana boshlandi. 1951-yilda Parijda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiniig Milliy hisoblar tizimit. standarti loyihasi qabul qilindi. 1953-yil BMT ning statistika boʻlimi tomonidan amaliyotga tadbiq etish uchun Milliy hisoblar tizimit.ning andozasi qabul qilindi. 1968-yil BMTning statistika komissi-yasi 15 yillik tajriba asosida Milliy hisoblar tizimit.ning yangi xalqaro andozasini ishlab chiqdi va u 1993-yilning fevralga qadar qoʻllanildi. 1993-yil fevralda BMT statistika komissiyasining navbatdagi sessiyasida Milliy hisoblar tizimit.ning yangi xalqaro andozasi qabul qilindi, undagi yangiliklardan biri sifatida makroiqtisodiy statistikaning koʻrsatkichlari qatoriga toʻlov balanslari, davlat byudjeti koʻrsatkichlari kiritildi. Yevropa Ittifoqi 1995-yilda BMTning "Milliy hisoblar tizimi" andozasi asosida "Yevropa milliy hisoblar tizimi"ni qabul qildi.
Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz iqtisodiy qudrati va aholi turmush darajasi koʻrsatkichlarini Milliy hisoblar tizimit. yordamida hisoblaydilar. BMTning xalqaro tashkilotlari bunday tizimga oʻtishni har tomonlama ragʻbatlantirmoqdalar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, hisob va statistikani xalqaro andozalarga oʻtkazishta kirishdi va shu maqsadda 1994-yilda "Oʻzbekistonda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga oʻtish davlat fasturi" ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu ishga Oʻzbekiston Respublikasi Statistika davlat qoʻmitasi rahbarlik qiladi va 1991—2002-yillar boʻyicha i.ch, daromadlarning hosil boʻlishi, taqsimlanishi, ulardan foydalanish, shuningdek, kapital harajatlarning umumiy hisoblamalari tuzildi. Milliy hisoblar tizimit.ni "Yevropa M.H-T.— 95" metodologiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi ning bozor munosabatlarini oʻtish davri xususiyatlarini hisobga olgan hodda joriy etish bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilmoqda.

Yüklə 91,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin