Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash mundarija: kirish


I.BOB. ASOSIY MAKROIKTISODIY KO`RSATKICHLAR VA ULARNI XISOBLASH



Yüklə 91,93 Kb.
səhifə2/8
tarix02.06.2023
ölçüsü91,93 Kb.
#122533
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy ko’rsatkichlarni tasniflash mundarija kirish

I.BOB. ASOSIY MAKROIKTISODIY KO`RSATKICHLAR VA ULARNI XISOBLASH
1.1. Milliy iktisodiyotni taxlil kilishda ko`llaniladigan asosiy
ko`rsatkichlar YAlpi ichki maxsulot tushunchasi.
Makroiktisodiy statistika va taxlilda uzok davr mobaynida yalpi milliy maxsulot va yalpi ichki maxsulot ko`rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Xar ikkala agregat ko`rsatkich xam mamlakatdagi iktisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o`zaro fark kilishadi.
Bugungi kunga kelib Milliy xisobchilik tizimini ko`llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki maxsulot ko`rsatkichi asosiy makroiktisodiy ko`rsatkich sifatida tan olindi.
Ko`pgina iktisodiy adabiyotlarda [YAIMga ishlab chikarilishida ko`llanilgan resurslar kaysi davlatga tegishliligidan kat`iy nazar, mamlakatning jugrofiy xududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baxolari yigindisi] deb ta`rif berib kelingan.
1993 yilda kabul kilingan BMT MXTning yangi talkiniga ko`ra YAlpi ichki maxsulot (YAIM) tushunchasiga anikliklar kiritildi.
YAngicha talkiniga ko`ra:
YAIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma`lum muddat davomida ishlab chikarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baxolarininng umumiy yigindisidan iborat.
YAIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda fakatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. CHunki mamlakat yuridik shaxsi boshka mamlakat xududida bir yildan ortik faoliyat yuritsa o`sha mamlakat rezidenti deb karaladi.
«Milliy tegishliligi va fukaroliligidan kat`iy nazar, mazkur mamlakatning iktisodiy xududida iktisodiy manfaat markaziga ega bo`lgan (ishlab chikarish faoliyati bilan shugullanadigan, yoki mamlakat xududida bir yildan ortik yashayotgan) barcha iktisodiy birliklar( korxonalar, uy xo`jaliklari) rezident xisoblanishadi»
Elchixonalar va xarbiy bazalar o`zlari tegishli bo`lgan mamlakatlarning iktisodiy makoni bo`lib kolaveradilar. Aynan shu jixat YAIMni xisoblashda iktisodiy va jugrofiy xudud o`rtasidagi fark deb karaladi.
YAIM uch xil usul bilan xioblanadi:
1) ishlab chikarish usuli;
2) xarajatlar usuli;
3) daromadlar usuli.
Xar uchala usul bilan xisoblangan YAIM ko`rsatkichi xajmi statistik xatolar istisno etilganda o`zaro teng bo`lishi lozim. SHu bilan birga xar uchala usul bilan YAIM ko`rsatkichni xisoblashda o`ziga xos talablarga amal kilinishi talab etiladi.
Ishlab chikarish usulida xisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chikarishning turli boskichlarida ko`shilgan kiymatlar yigindisi sifatida aniklanadi. YAIMni bu usulda aniklash statistik jixatdan kulay bo`lishi bilan birga uni xisoblashning muxim shartiga amal kilish, ya`ni bir kiymatni ikki bor xisobga olish, yoki oralik maxsulot kiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi.
Ishlab chikarish xajmini to`gri xisoblash uchun joriy yilda ishlab chikarilgan tovar va ko`rsatilgan xizmatlar kiymati bir marta xisobga olinish kerak. Ko`pgina maxsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chikarish boskichini o`taydi. SHu sababli YAMMda ayrim maxsulotlarni ikki va undan ko`p marta xisobga olmaslik uchun, fakat pirovard maxsulotning bozor kiymati xisobga olinadi, oralik maxsulotlar esa xisobga olinmaydi.
YAkuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chikarish, yoki ichki ayirboshlash tsiklidan chikkan, yakuniy iste`mol, jamgarish yoki eksport uchun foydalaniladigan kismi tushuniladi.
YAkuniy tovarlar va xizmrtlarni ishlab chikarishda sarflangan oralik tovarlar va xizmatlar baxosi YAIMga ko`shilmaydi..
Ko`shilgan kiymat tovar va xizmatlarning sotish baxosi bilan ularni ishlab chikarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga kilingan xarajatlar o`rtasidagi fark ko`rinishida aniklanadi.
O`zbekiston Respublikasida YAIM dinamikasi va ishlab chikarish tarkibi






YAIMning ishlab chikarish tarkibi,%

Davr-lar

Mos davrlarda joriy baxolarda, mlrd.so`m

O`tgan yilning mos davriga nisbatan % (takkoslama baxolarda)

Sano-at

Kishlok
xo`ja-
ligi

Kuri-lish

Xizmat ko`rsa-tish soxasi

Sof soliklar

2018

3255,6

103,8

14,2

30,1

6,0

37,2

12,5

2019

4925,3

104,2

14,2

30,2

5,8

28,2

11,9

2020

7450,2

104,2

14,5

30,1

4,9

37,9

12,6

2021

9837,8

104,4

15,8

28,6

4,5

37,4

13,7

2022

12189,5

107,7

17,1

26,8

4,5

37,6

14,0

Manba: «O`zbekiston iktisodiyoti» Taxliliy sharx. O`zbekiston Respublikasi iktisodiyot vazirligining SISM nashri,«№ 8,mart 2018,17- bet
Ishlab chikarish usulida aniklangan YAIM ko`rsatkichinig strukturasini va undagi siljishlarni taxlil kilish juda muxim xulosalar beradi. Aloxida tarmoklarning mamlakat iktisodiyotida yaratilgan yalpi ko`shilgan kiymatdagi ulushi, bu ulushning o`zgarishi bu mamlakatning iktisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istikboliga baxo berish imkonini beradi. ma`lumotlariga tayangan xolda O`zbekiston Respublikasida ishlab chikarilgan YAIMning tarmok tuzilishini ko`rib chikamiz
Avvalam bor respublikamizda barkaror iktisodiy o`sish tendentsiyasiga erishilganligi va 2017 yilda real o`sish sur`ati 107,7 foizni, YAIMning nominal xajmi esa 12189,5 mlrd. so`mni tashkil etganini kayd etish zarur.
2018 yilda YAIMning 17,1 foizi sanoat tarmoklarida, 26,8 foizi kishlok xo`jaligida, 4,5 foizi kurilish soxasida va 37,6 foizi xizmat ko`rsatish soxasida yaratildi. Iktisodiyot rivojlanishi, real sektorda ishlab chikarish samaradrligi oshib borishi bilan sanoat va ayniksa xizmat ko`rsatish soxalarining YAIMdagi ulushi ortib borilishi jaxon iktisodiy tarixida kuzatilgan xodisadir. O`zbekiston Respublikasida 2002-2018 yillarda sanoat tarmoklarining YAIM dagi ulushi ortib borayotganligi progressiv tarkibiy siljishdan dalolat beradi. Ko`shilgan kiymatlar yigindisi ko`rinishida xisoblangan YAIM tarkibiga sof bilvosita soliklar, ya`ni davlat byudjetiga tushgan ko`shilgan kiymat soligi, aktsiz soligi va bojxona boji to`lovlari bilvosita soliklar bilan davlat byudjetidan ishlab chikaruvchilarga berilgan subsidiyalar o`rtasidagi fark xam ko`shiladi.
Sof soliklarning YAIMdagi ulushi 2018 yilda O`zbekiston Respublikasida 14 foizni tashkil etdi.
YAIMni xarajatlar bo`yicha xisoblash.
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb xam yuritilib, unda YAMMni xisoblash uchun yakuniy maxsulotlarni sotib olishga kilingan barcha xarajatlar o`zaro ko`shib chikiladi. Bu xarajatlar kuyidagicha guruxlanadi:
Uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari (S):
a) uzok muddat foydalaniladigan iste`mol buyumlari sotib olishga;
b) kundalik foydalaniladigan iste`mol buyumlari sotib olishga;
v) iste`mol xizmatlari to`loviga.
YAlpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b) korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini kurishga sarflangan;
v) tovar zaxiralari o`rtasidagi farklar yoki zaxiralarning o`zgarishi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu gurux xarajatlariga maxalliy va markaziy boshkaruv xokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard maxsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil’ yo`llari va pochta muassasalari kurilishi, davlat korxonalarida to`lanadigan ish xaki) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o`rinda ta`kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to`lovlari kiritilmaydi.
Sof eksport (Xp): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo`yicha xarajatlar o`rtasidagi fark.
YAMMni xarajatlar orkali xisoblash formulasini kuyidagicha tasvirlash mumkin
YAIM = S + I + G + Xp
O`zbekiston Respublikasida yaratilgan YAIMning foydalanish (xarajatlarga ko`ra) tarkibi taxlili (2-jadval) shuni ko`rsatadiki uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari YAIM tarkibidagi eng salmokli komponent ekan. Bu ko`rsatkichning YAIMdagi ulushiga ko`ra O`zbekiston Rossiya Federatsiyasi, YAponiya va Frantsiya davlatlariga yakin turadi. YAlpi jamgarish, yoki yalpi investitsiyalar ulushi kattaligi bo`yicha ikkinchi komponent bo`lib 2018 yilda YAIMning 23,9 %ini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 22,1 %ni, zaxiralarning o`zgarishi 1,8 %ni tashkil etgan. Takkoslov uchun maklumotlar keltiradigan bo`lsak[2002 yil yakunlariga ko`ra yalpi investitsiyalarning YAIMdagi ulushi Rossiya Federatsiyasida 21%ni, YAponiyada 17 foizni,Frantsiyada 24%ni, Xitoy Xalk Respublikasida esa 40 foizni tashkil etgan.
O`zbekiston Respublikasida YAIMning foydalanish tarkibi (%)


Davr


YAkuniy iste`mol xarajatlari jami, %

YAlpi jamgarish

Sof eksport

Xususiy

Davlat

Asosiy kapitalga yalpi ichki investitsiya

Zaxiralarning o`zgarishi va boshkalar

2000

61,9

18,7

24,0

-4,4

-0,2

2001

61,5

18,5

27,9

-6,8

-1,1

2002

60,2

18,0

22,1

-0,9

0,6

2003

55,6

17,5

21,0

-0,3

6,2

2018

51,7

17,1

22,1

1,8

7.3

Manba: «O`zbekiston iktisodiyoti» Taxliliy sharx.
O`zbekiston Respublikasi iktisodiyot vazirligining SISM nashri,
«№ 8,mart 2017 ,17 bet
Tovarlar va xizmatlarning davlat xaridi YAIMdagi salmogi jixatidan uchinchi pogonada bo`lib, 2018 yilda YAIMning 17,1 %ini tashkil etgan.
Eksport xajmining keskin o`sishi va 2018 yilda tashki savdoda 1,03 mlrd. AKSH dollariga teng ijobiy koldikka erishilishi tufayli sof eksportning YAIMdagi ulushi ko`tarilib 7,3 foizni tashkil etdi.


Yüklə 91,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin