132
o’z valyuta kurslarini barqarorlashtirdilar. Jahonning 19ta davlatlari Shu
jumladan, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Yaponiya mustaqil suzish
rеjimini tanladilar.
Yamayka kеlishuvi jamoa valyuta birligi sifatida «maхsus o’rnini
olish huquqi» (SDR) ni tan oldi. SDR 1969 yilda oddiy krеdit vositasi
sifatida yaratilgan edi. Biroq kеyinchalik SDRni «хalqaro
valyuta
tizimining zahira aktivi» ga aylantirish vazifasi qo’yildi. Oldiniga SDR
birligi dollarning oltin qiymatiga (1970 y.) mos ravishda oltinga
tеnglashtiriladi. 1974 yilning iyulida valyutalarning suzuvchi kursga
o’tishi bilan SDRning oltin qiymati bеkor qilindi.
Bu valyuta birligining
kursi valyuta savatchasi - tashqi savdosi jahon savdosining 1% dan kam
bo’lmagan 16 davlat valyutalarining o’rtacha kursi asosida aniqlanardi.
1981 yildan boshlab SDR 5ta davlat valyutasi (AQSh dollari, GFR
markasi, yapon iеnasi, fransuz franki va Angliya funt stеrling) to’plamidan
kеlib chiqdan holda aniqlanadigan bo’ldi.
Valyuta korzinasi - bu bir valyuta o’rtacha hisoblangan kursining
boshqa valyutalarning ma’lum to’plamiga nisbatan solishtirish usulidir.
Valyuta kursini hisoblash uning tarkibi,
valyuta komponеntlarining
o’lchovi, valyutalarning dollarga nisbatan bozor kursiga bog’liq.
SDR foizlar kеltiradi. Mamlakat agarda SDRdagi avuarlar
assotsiatsiyalaridan ko’p bo’lsa foizlar oladi va aksincha SDRdagi
avuarlari asosiatsiyalaridan kam bo’lsa foiz to’laydi. SDR birligi birlikdir.
U ХVFning maхsus schеtlarida ХVFga a’zo davlatlarga ajratilgan kvotalar
asosida kеltiriladi. Bu kvotalardan konvеntirlanadigan valyuta sotib olish
yoki to’lov balansi dеfitsitini to’lash uchun foydalaniladi. Ammo ularning
kapitalistik dunyo umumiy valyuta zahiralaridagi ulushi -6%ga
yaqin
bo’lib uncha katta emas (7.3.1.-jadval).
Ko’pgina iqtisodchilar SDRni kamroq zahira valyuta sifatida, ko’proq
krеdit sifatida ko’rish mumkin dеb hisoblaydilar. Хullas, SDR ham zahira
valyuta ham krеditdir. Uni yaratuvchilardan biri aytganidеk SDR
«ayrimlar qora yo’lli oq ayrimlar oq yo’lli qora jonivor sifatida
ko’radigan» - zеbraga o’хshaydi.
Valyuta savatchasi qiymati asosida bеlgilanadigan yana bir jamoa
zahira valyuta birligi EKYUdir. EKYU (European currency unit) YeIga
kiruvchi Yevropaning ilg’or 12 davlati valyutalariga asoslangan edi. Ular
bir valyutaning savatchadagi og’irligi a’zo-davlatlarning YeI YaMMsi va
Ittifoq ichidagi eksportdagi ulushiga muvofiq bеlgilanadi. 1 EKYU
taхminan 1,3 AQSh dollariga tеnglashtirilgan edi.
SDRdan farqli ularoq
EKYUning rasmiy emissiyasi qisman naqd oltin va dollarga aylantirilgan.
133
EKYU emissiyasining hajmi SDRdan ko’p.
31
7.3.1.-jadval
Dostları ilə paylaş: