Iqtisodiy munosabatlar


§ 8.2. G’arbiy Yevropa davlatlarining jahon хo’jaligidagi  o’rni



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/222
tarix04.04.2022
ölçüsü1,77 Mb.
#54680
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   222
§ 8.2. G’arbiy Yevropa davlatlarining jahon хo’jaligidagi  o’rni 
 
Jahon  хo’jaligi  va  ХIMda  G’arbiy  Yevropa  mamlakatlarining 
iqtisodiy  ribojlanishi  alohida  o’rin  egallaydi.  hozirgi  kunda  G’arbiy 
Yevropa  davlatlari  hissasiga  jahonda  ishlab  chiqarilayotgan    jami  yalpi 
milliy mahsulotning 28-29% i, dunyo aholisining 7-8% i to’g’ri keladi. 
G’arbiy Yevropa davlatlari guruhiga jami 25 davlat kirib, bu davlatlar 
guruhi  o’z  hududlarining  katta-kichikligi,  aholisini  oz-ko’pligi  va  turli-
tumanligi,  boy  tabiiy  resurslarga  egaligi  bilan  bir-biridan  keskin  farq 
qiladi.  G’arbiy  Yevropa  davlatlari  bazasida  1957  yilda  «Umumiy  bozor» 
hamkorlik  tashkiloti  tashkil  topdi.  1962  yilda  Yevropa  Erkin  Savdo 
Assotsiatsiyasi  tuzildi.  Ushbu  davlatlar  o’rtasida  sanoat  tovarlari  bilan 
erkin  savdo  aloqalarni  olib  borish  to’g’risida  qator  shartnomalar  tuzildi. 
«Yevropa  iqtisodiy  kеngashi  to’g’risida»gi  shartnomaga  muvofiq  1992 
yilning  mayida  G’arbiy  Yevropa  Erkin  Savdo  zonasi  va  mintaqaviy 
iqtisodiy kompleksi tuzildi. Ushbu mintaqaviy iqtisodiy kompleks G’arbiy 
Yevropaning  19  davlatini  o’z  tarkibiga  birlashtirgan  bo’lib,  G’arbiy 
Yevropa  va  dunyo  mamlakatlarida  tovarlarning  erkin  harakatini,  хizmat 
ko’rsatish  sohalarni,  kapital  va  aholi  migratsiyasini  doimo  nazorat  qilib 
turadi. 
G’arbiy  Yevropa  Erkin  savdo  zonasi  hissasiga  jahon  savdosi 
aylanmasining 48-50%i  to’g’ri kelib, bu iqtisodiy zona hozirgi kunda  400 
mln.ga yaqin istе’molchiga egadir. 
G’arbiy  Yevropa  davlatlarining  iqtisodiy  taraqqiyotida  jahon 
mamlakatlari  bilan  olib  borilayotgan  tashqi    savdo  aloqalar  muhim  rol 
o’ynaydi.  O’tgan  asrning  70-yillardagi  Yevropa  Ittifoqi  (YeI)    davlatlari 
dunyoda  eng  yirik  savdo  blokdan  biriga  aylangan  edi.  YeI  davlatlarining 
tovarlar  eksporti  darajasi  AQShning  tovarlar  eksporti  darajasiga  nisbatan 
uch  barobar  yuqori  bo’lib,  90-yillarda  bu  mamlakatlar  hisobiga  jahon 
savdosining 41-42% i, valyuta zahiralarining esa 36-37%i to’g’ri kelgan. 
Hozirgi  kunda  jahon  mamlakatlarining  хo’jalik  aloqalarida  tovarlar 
eksportini  kapital  eksporti  bilan  almashuvi  holatlari  kеngayib  bormoqda. 
Agar 
Yevropa 
Ittifoqi  mamlakatlari  hissasiga  to’g’ridan-to’g’ri 
yo’naltirilgan  kapital  eksporti  1961-1964  yillarda  8,7%  ni,  1974-1975 
yillarda  37,4%  ni  tashkil  etgan  bo’lsa  1980-1995  yillarda  esa  60-65%  ni 
                                           
33
  Nazarova  G.G.,  Xalilov  X.X.,  Eshtayev  A.A.,  Axmedov  I.A.,  Xakimov  N.Z., 
Muhammedraximov U.X. Jahon iqtisodiyoti. T.: 2005 


146 
 
tashkil  etgan  edi.  1970  yilda  jahon  tovarlar  eksportida  G’arbiy  Yevropa 
hamjamiyati  davlatlarining  hissasi  34,4%  ni  tashkil  etgan  bo’lsa,  1995 
yilda 45,8% ni tashkil etgan. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin