SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
6
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Xususiy muvozanat - bu ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiy ko'rsatkichlar yoki
iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanat ishlab chiqarish va
iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, budjet daromadlari va
xarajatlari,alohida tovarlarga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat ko'rinishida namoyon
bo'ladi.Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining
o‘zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, awalo, yalpi talab
va yalpi taklifning teng kelishida ko'rinadi. Bu nafaqat iste’mol ne’matlariga, balki ishlab
chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab
va taklifning muvofiq kelishidir. Umumiy iqtisodiy muvozanat bir qator shart-sharoitlami taqozo
etadi.
1. Ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlaming mos kelishi.
2. Iqtisodiy muvozanat mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan
xo'jalik mexanizmini taqozo qiladi.
3. Muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga
mos kelishi lozimligini bildiradi.
4. Iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart-sharoitlari bo'lib bozor muvozanati, ya’ni
barcha asosiy bozorlar: tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va h.z.da talab va taklif muvozanatga
erishishi xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: