Iqtisodiy sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda apellyasiya instansiyasining qarori ustidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar kassasiya shikoyati berishga, prokuror esa – kassasiya protesti keltirishga haqlidir.
Qonunda ko`zda tutilgan tekshiruvlarning boshqa barcha shakllaridan farqli ravishda sud hujjatlari kassasiya instansiyasi tomonidan faqat qonuniyligi jihatidan tekshiriladi.
Shikoyat qilish huquqini amalga oshirish ishda ishtirok etuvchi shaxslarning erk irodalariga bog`liq. Qonunda bel-gilangan tartib va muddatda kassasiya shikoyatining berilishi ishning kassasiya instansiyasi tomonidan albatta ko`rib chiqilishiga olib keladi.
Qarorning moddiy va prosessual huquq normalariga to`g`ri havola qilinganligi borasidagi asoslovchi qismi; chiqarilgan qo`shimcha qaror shikoyat berish uchun mustaqil predmet bo`lishi mumkin. Ajrimlar ustidan qonunda nazarda tutilgan holatlardagina shikoyat qilinishi mumkin.
Kassasiya shikoyati (protesti) O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga hal qiluv qarori qabul qilgan Iqtisodiy sudi orqali beriladi.
Kassasiya shikoyati (protesti) O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga hal qiluv qarori qabul qilgan Iqtisodiy sudi orqali beriladi.
Kassasiya shikoyatining maqsadi javobgar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo`lib, keyinchalik bekor qilingan yoki o`zgartirilgan noqonuniy qarorni ijro etish bilan zarar yetkazishning oldini oladi. Kassasiya instansiyasi hal qiluv qarori (qaror)ni o`zgartirish, yangi qaror qabul qilish huquqiga ega. Shuning uchun, agar kassasiya instansiyasi qarori birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (yoki apellyasiya instansiyasining qarori) ijro etilganidan so`ng qabul qilinsa, mazkur sud hujjatlari bo`yicha olingan barcha narsalarni qaytarishlik faqatgina sud hujjatining qaytarma ijrosi institutidan foydalanish yo`li bilan mumkin bo`ladi. Bu esa ancha murakkab jarayondir. Bundan tashqari dastlabki davo bo`yicha javobgarga qaytarilish lozim bo`lgan pul mablag`i ham, mulk ham amalda qolmagan bo`lishi mumkin.