Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari O`zbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan IPK da va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda ijro etiladi.
Sud hujjatini majburiy ijro etish shu hujjatni qabul qilgan Iqtisodiy sudi tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
IJRO VARAQASI
Ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi. Pul mablag`larini budjet daromadiga undirish uchun ijro varaqasi qarzdor turadigan joydagi soliq organiga yuboriladi.
Pul mablag`larini undirish uchun ijro varaqasi undiruvchi tomonidan bankka yoki boshqa kredit muassasasiga, boshqa hollarda esa sud ijrochisiga yuboriladi.
Ijro varaqasida quyidagilar ko`rsatilishi kerak:
ijro varaqasini bergan iqtisodiy sudining nomi; ijro varaqasi berilgan ish va uning tartib raqami:
ijro etilishi lozim bo`lgan sud hujjati qabul qi-lingan sana; undiruvchining va qarzdorning nomi, ularning man-zillari; sud hujjatining xulosa qismi;
sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana;
ijro varaqasi berilgan sana va uning amal qilish muddati.
Agar Iqtisodiy sudi tomonidan ijro varaqasi berilguncha sud hujjatini ijro etishni kechiktirish yoki bo`lib-bo`lib ijro etishga ruxsat berilgan bo`lsa, unda ijro varaqasining muddati qachondan o`ta boshlashi ko`rsatiladi.
Ijro varaqasini sudya imzolaydi va u iqtisodiy sudining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.