Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va



Yüklə 222,67 Kb.
səhifə5/14
tarix02.06.2023
ölçüsü222,67 Kb.
#122256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2-mavzu Solov modeli (4)

AY -— öl
(2.5.)
1 - multiplikator koeffitsiyenti chunki u foydalanilmagan
quvvatlar va ishsizlik mavjudligidan kelib chiqqan. Uning vazifasi bo‘sh iqtisodiy resursJardan qanday foydalanishni ko‘rsatish bo‘lib, buning uchun u davlat xarajatlarini oshirishni taklif etgan. Ularni 1
mul’ tip1ikatorga 1 ko‘paytirib bandlik, ishlab chiqarish va
daromad/Ay) o‘sishini ta’minlaydi, demakki, yalpi talabni ham ta’minlaydi.
Akslerator tamoyili esa oshgan daromad va talab o‘z navbatida investitsion jarayonlarni tezlashtirishni ko‘rsatadi. Bu yangi kapital qo‘yilma1ar — daromad o‘sishini akseleratsiya koeffitsiyenti bo‘yicha ko‘paytmasining funksiyasi ekanligini anglatadi:
' ^ (2.6.)
Akseleratsiya koeffitsiyenti — texnik taraqqiyot turiga bog‘liq texnik kattalik:

  • Katta hajmdagi kapitalni talab etadigan kapitalli texnik taraqqiyot sharotida ning qiymati oshadi

  • Kapitalni tejaydigan texnik taraqqiyotda ning qiymati past bo‘ladi

Iqtisodiy o‘sish modelini yaratish jarayonidan R. Xarrod taxliliga
uchta tenglamani kiritdi:

    • Amaldagi o‘sish sur’at1ari tenglamasi

    • Kafolatlangan o‘sish sur’atlari tenglamasi

    • Haqiqiy o‘sish sur’ati tenglamasi

    1. Amaldagi o‘sish sur’atlari tenglamasi- R. Xarrod modeli tenglamasi natijasidir. U ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotning o‘sishidan bir qismini jamlanishini ta’minlash uchun milliy daromadda jamg‘armalar ulushi qanday bo‘1ishi kerakligini ko‘rsatadi:

G c —— s (2.7.)
Bu yerda: G — (growth) qandaydir davr bo‘yicha umumiy ishlab chiqarishning amaldagi o‘sishi (o‘sgani), masalan yil bo‘yicha: o an r, ya’ni amaldagi o‘sish sur’ati — bu daromad o‘sishining biznes davr daromadi kattaligiga nisbati:
ı ı - kapital koeffitsiyenti yoki bir birlik daromad yoki mahsulot o‘sishining “investitsion qiymatini” ko‘rsatuvchi ishlab
chiqarishning kapital talab koeffitsiyenti. U kapitalning teskari unumdorligi kattaligi bo‘lib hisoblanadi p=1/c S — milliy daromadda
jamg‘arma1ar ulushi yoki jamg‘arishga moyillik,: - sor
Agar (1) tenglamani uning eleınentlari mazmuni bo‘yicha yozadigan bo‘lsak, unda J. Keynsning — investitsiyalar teng jamg‘arma1ar, ayniyatiga ega bo‘1amiz:


(2.8.)

Biroq R Xarrodning yondashuvi J. Keyns yondashuvidan ancha farqlangan. Keynschilik modelida investitsiyalar va jamg‘armalar tengligi statik shaklda, R. Xorrad modelida esa dinamik shaklda ifodalangan: tenglamaning chap qismi s ishlab chiqarish maqsadlariga yo‘naltirilgan mahsulot o‘sishining kapitallashtiriladigan qismini ifodalab, o jamg‘armalaming s ma’lum ulushi bilan ta’minlanishi shart.



    1. Kafolatlangan o‘sish sur’atlari tenglamasi. Tadbirkorlar ko‘zda tiitadigan va umuman qoniqish hosil qiladigan rivojlanishning bashorati shuni ifodalaydi:

G pcr -- s (2.9)
R. Xarrodning fıkricha kafolatlangan (narranted) o‘sish sur’ati G dinamik muvozanatning chizig‘i hisoblanadi. Shu bilan barcha (kapital talablikning zaruriy koeffitsiyenti) ham dinamik muvozanatning koeffitsiyenti hisoblanadi: u mahsulot chiqarish o‘sishiga yangi kapitalga ehtiyojni ifodalaydi, uni ta’minlash uchun shu yangi kapital talab etiladi. Bundan kelib chiqadiki kafolatlangan o‘sish sur’ati tenglamasida investitsiyalar yex-ante va jamg‘armalar yex-post tenglashtiriladi.
Milliy daromadda jamg‘armalar s ulushi — zaruriy capital talablilik koeffitsiyenti cr kabi doimiy kattalik bo‘lgani sababli R. Xarrod kafolatlangan o‘sish sur’ati (G,) ning doimiy darajasi haqida xulosaga keldi.
Agar amaldagi o‘sish sur’ati (1) bashoratlanayotgan, kafolatlangan sur’ati (2) bilan mos tushsa unda iqtisodiyot qat’iy o‘zluksiz rivojlanishga ega bo‘ladi. Biroq, R. Xarrodning yozishicha bunday qat’iylik statistik darajada ham dinamik darajada ham mavjud emas. Ikkala tenglamani solishtirib ((Gr=s,; G cr -— )), R. Xarrod, amaliyotda
amaldagi o‘sish sur’ati doimo kafolatlanganidan katta yoki kichik bo‘ladi deb ta’kidladi.
Agar amaldagi o‘sish sur’ati kafolatlanadiganidan oshsa, unda nisbiy doimiylik tufayli S shunga mos ravishda tez oshmaydi. Boshqacha aytganda, agar G>G bo‘lsa, unda s —constc
Bundan R. Xarrod shunday xulosaga keladiki ishlab chiqaruvchilar amaldagi kapital talablikni juda ham rost deb baholab tovar-moddiy zaxiralarini oshirishga harakat qiladilar bu esa amaldagi o‘sish sur’atini kafolatlanganligidan yanada oshishiga olib keladi. Agar G
, unda s—consı c cr.
Bunga asosan ishlab chiqaruvchilar mavjud xomashyo material va uskunalar zaxiıasi ortiqchaligi haqida qarorga kelib, xaridni qisqartiradilar. Bu bilan ular amaldagi o‘sish sur’atini kafolatlanganga nisbatan yanada oshiradi.
Shunday qilib, biz ko‘ramizki, amaldagi o‘sish sur’ati muvozanatligiga moslashish o‘rnida amaliyotda teskari tendensiya mavjud — ishlab chiqarishning dinamik muvozanat chizig‘idan ko‘tarilishi yoki pasayishi. Bu R. Xarrodga bozor iqtisodiyotiga ichki dinamik barqarorlik xos ekanligi haqida qaror qilishga asos bo‘ldi.
Bunday xulosa natijada iqtisodiy adabiyotda “Xorrd prodoksi” nomini oldi. U iqtisodiy ko‘yunkturaning qisqa muddatli davriy tebranishlarini ifodalaydi. Nisbatan o‘zoqroq tebranisblarning interpretatsiyasi uchun
R. Xarrod (3) chi tenglamani kiritdi — haqiqiy o‘sish sur’ati tenglamasi.

    1. Haqiqiy o‘sish sur’ati tenglamasi R. Xarrod modelida

quyidagi ko'rinishga ega: G cr -- yoki s. Bunda G, — (naturaI- haqiqiy) resurslardan to‘liq foydalanish sharoitida iqtisodiyot xaraktining maksimal darajada mumkin bo‘lgan sur’ati.
Bunday o‘sish sur’atini ta’minlab turish uchun iqtisodiyotda
jamg‘armalar yetmasligi mumkin, shuning uchun haqiqiy o‘sish sur’atining tenglamasida chap va o‘ng tomonlar o‘rtasidagi tenglik yo‘qligi ko‘zda tutiladi.
Xosil qilingan tenglamalar R. Xarrodga 3 ta kattalik o‘rtasidagi munosabatni ko‘rib chiqish imkonini berdi: haqiqiy {G+Ş, kafolatlangan (G ) va amaldagi (GJ o‘sish sur’ati

  1. G > G, deb faraz qilamiz. Bunda, haqiqiy o‘sish sur’ati berilgan resurslarda mumkin bo‘lgani uchun, amaldagi sur’at haqiqiysidan past bo‘ladi, demakki, kafolatlangan o‘sish sur’atidan ham albatta past bo‘1adi. Unda kapital talablikning bashoratlangan koeffitsiyenti

amaldagisidan past bo‘lib (cd) yuqorida ko'rsatib o‘tilganidek uzoq
depresiyaga (tushkunlikka) sabab bo‘ladi. Tushunarliroq tilda aytadigan bo‘lsak, ortiqcha kuchlanish (iqtisodiyotning qizib ketishi) uzoq muddatli tushkunlikka olib keladi, bunga misol qilib nafaqat bozor iqtisodiyotini balki sotsial halq xo‘jalik amaliyotini keltirish mumkin.

  1. Agar Gw>Gn bo‘lsa, unda iqtisodiyot rivojlanishining 2 sseııariysi bo‘lishi mumkin. Birinchisi (Gw>G) yuqorida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, uzoq depressiyaga olib keladi, ikkinchisi (Gw< G dan cr> c kelib chiqqani uchun) uzoq “Bum” davri bilan xarakterlanishi mumkin.

Shunday qilib, R. Xarrod iqtisodiy dinamikadagi ikki muammoga e’tiborni qaratdi:

  1. G.vaG,o‘rtasidagifarqlanish:

  2. Gning G, dan uzoqlashib unda birinchi muammo ishchi kuchining vaqtinchalik (xronik) ortiqchaligi, ikkichi muammo esa — vaqtinchalik xronik yetishmovchiligi ekanligi ko‘rsatiladi.

Keyin u quyidagi savolni qo‘yadi: bozor iqtisodiyotida kafolatlangan G va haqiqiy G,o‘sish sur’atlarini avtomatik tenglashtiradigan kuchlar bormi? Bu savolga javob berib R. Xarrod
iqtisodiy o‘sishning asosiy parametri odamlar xohishiga bog‘liq
bo‘lgan jamg‘armalar ekanligini ko‘rsatib o‘tgan, shuning uchun bu savolni taxlili jamg‘armalar dinamikasi tahlili bilan bog‘liqdir. Jamg‘armalarga salbiy munosabatda bo‘lib, ularni depressiyani rag‘batlantiruvchi kuch deb hisobJagan J. Keynsdan farqli ravishda R.Xorod jamg‘armalarni ijobiy va foydali deb hisoblagan. Biroq, shu bilan birga u quyidagi savolni bergan: bozor iqtisodiyotida muvozanatlashgan o‘sish talablariga javob beradigan jamg‘armalar hajmini rag‘batlantiruvchi instrumentlar mavjudmi? R. Xarrod unga inkor javobini berib J. Keyns kabi iqtisodiyotga davlat aralashuvini zarurligini asoslagan.
R. Xarrod dasturi ikki guruh tadbirlarini o‘z ichiga olgan:

  1. “Amaldagi o‘sish sur’atini kafolatlanganidan qochishi” ga qarshi qisqa muddatli antitsiklik siyosat taklif etilgan:

  2. takrorlanadigan (xronik) ishsizlik va uzoq depressiyaga qarshi foiz me’yorini pasaytirish siyosatidan foydalanishni taklif etgan (deyarli uning nolli nuqtasigacha). Bu jamg‘armaga investitsion talabning kengayishiga olib keladi, demakki, milliy daromadda jamg‘armalar ulushining qandaydir qisqarishiga ham. Siyosatning maqsadi R. Xarrod fıkricha G er = fi — d -- G,cr bo‘ladigan foiz

stavkasining progressiv pasayishiga erishish kerak.
Bu ifodani R. Xarrod to‘liq bandlik maromidagi barqaror o‘sish formulasi sifatida belgiladi. U iqtisodiy tizimning dinamik rivojlanishiga kafolatlangan va haqiqiy o‘sish sur’atining to‘liq bandlik sharoitda teng bo‘lgani holatida erishilishini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, tahlil jarayonida R. Xarrod Y.Domar bilan o‘xshash natijalarga erishdi. Odatda ularning modeli yagona Xarrod- Domar modeliga birlashtiriladi. Uning mazmuni quyidagicha, ishlab chiqarishning berilgan texnik sharoitlarida iqtisodiy o‘sish jamg‘armaga chegaraviy moyillik kattaligiga bog‘liq bo‘ladi, iqtisodiy

58
tizimdagi dinamik muvozanat o‘z tabiatiga ko‘ra beqaror va uni to‘liq bandlik sharoitida ta’minlab turish uchun esa davlatning faol va maqsadli tadbirlari talab etiladi.


Xorrod-Domar modelining cheklanganligi nafaqat uning tahlil natijalari bilan balki tarixiy sharoitlari bilan ham belgilanadi. 1930-yil va urushdan keyingi davr iqtisodiy o‘sish jarayonlarini ifodalagan bo‘lib, unda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha asosiy urinishlar investitsiyalarni oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatini yaratishdan iborat edi. Keyingi davrda (50 yilning ikkinchi yarmi — 70 y.y.) ishlab chiqarishning rivojlanishiga ko‘proq sifat o‘zgarishlari ta’sir eta boshladi, bu esa iqtisodiy o‘sishning noklassik nazariyalarida o‘z ifodasini topdi.
Tabiiy resurslarni o‘zigina iqtisodiy o‘sishni ta’minlab berolmaydi. Iqtisodiy tabiiy resurslari kam bo‘lgan davlatlarda ham iqtisodiy o‘sish tez sur’atlarda rivojlanishi mumkin. AQSHning iqtisodiy o‘sishiga davlatdagi umumiy sotsial, madaniy va siyosiy muhit ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Kelajakdagi iqtisodiy o‘sishni baholashda ishlab chiqarishning atrof muhitga va inson turınushiga ta’sirini hisobga olish shart. Iqtisodiy o‘sish farovonlikni ta’minlab beruvchi faktor deyishga hech qanday asos yo‘q. Iqtisodiy o‘sishning yo‘ldoshi bo‘lgan texnika taraqqiyoti ishchilarda ertangi kunga ishonchni so‘ndiradi va ba’zida ishsizlikni ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Rivojlanish (o‘sish) sur’ati yuqori bo‘lgan iqtisodiyot katta iqtisodiy ta’sir1arga olib kelishi mumkin. lqtisodiy o‘sish tarafdorlari fikriga ko‘ra faqat iqtisodiy o‘sish aholi turmush farovonligini ta’min1ashi mumkin.
Ishlab chiqarish hajmini o‘sishi daromadni oshiradi. U. Rostouni o‘sish bosqichlari nazariyasi o‘z davrining ijtimoiy fanida sezilarli hodisa bo‘ldi, u jamiyat tarixiy evolyutsiyasiga yangicha yondoshuvni ifoda etib, u sotsial-iqtisodiy formatsiyalami marleistik konsepsiyasi va XX asr 1-boshidagi texnoratik o‘sish nazariyalaridan ko‘p jihatdan farq qilar edi.
U.Rostou moddiy ishlab chiqarishning ijtimoiy rivojlanishdagi yetakchi rolini, uning ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti bilan shartlashganini tan oldi hamda iqtisodiyot va jamiyat tarixiy evolyutsiyasining umumiy nazariyasini yaratishga urindi.

59
Y.Domar va R.Xarrodning keynschilar modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynschilik nazariyasini tanqidiy qayta ishlash va rivojlantirish sifatida vujudga keldi.


Iqtisodiy o‘sishning Y.Domar modeli keynschilik an’analariga xosligi va keynschilik fundamentiga asoslanganini aniqligini tan olgan, ammo shu bilan birga keynschilik modelining investitsiyalar va iqtisodiy diiiamikaga tegishli qismiga o‘z hissasini qo‘shganligini ta’kid1ab o‘tgan.
R. Xarrod modelining maqsadi iqtisodiyot o‘sishining trayektoriyasini o‘rganish hisoblanadi. Shuning uchun uning asosini akselerator nazariyasi tashkil etib, u investitsiyalar o‘sishini bunga sabab bo‘1gan daromad o‘sishiga nisbatini aniqlash imkonini beradi. Y.Domar mos davlat siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan avtonom investitsiyalar bilan ish olib borgan bo‘1sa r. Xarrod esa-milliy daromad o‘sishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish investitsyalari bilan olib borgan.
Ishlab chiqarishni berilgan texnik sharoitlarida iqtisodiy o‘sish jamg‘armaga chegaraviy moyillik kattaligiga bog‘liq bo‘1adi, iqtisodiy tizimdagi dinamik muvozanat o‘z tabiatiga ko‘ra beqaror va uni to‘1iq bandlik sharoitida ta’minlab turish uchun davlatning faol va maqsadli tadbirlari talab etiladi.



    1. Yüklə 222,67 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin