Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va



Yüklə 222,67 Kb.
səhifə3/14
tarix02.06.2023
ölçüsü222,67 Kb.
#122256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2-mavzu Solov modeli (4)

Iqtisodiy o‘sish nazariyalari




Nazariyalar






Yangi keynscba R.Xsrrod, Y.Domar
Yangi klassih nazariya R.SoIou, J.Mid


Empirik nazariyalar E.Denison, R.Barro
Endogen o‘sish iLLukas, P.Ronıer





O‘sisbning yagoıız omili
- kapital. Talaboizg











pppgjgy _







oıanbalari tnehzıst ve kapital, mehnat









Iqtisodiy o‘sishning


kapitalining sifati

2.2-rasnı. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari


U yana qayd etadiki, mahsulot harakatida aholining bozorda to‘lovga qobil talabi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Keyns fikriga muvofiq talab, iste’mo1, investitsiya iqtisodiy o‘sish sifatini oldindan belgilab beradi. Keyns davlat makrodarajada barqarorlashtiruvchi siyosat yuritish zarur va uning asosiy vazifâîi davlat sarflari, investitsiyalar, soliqlar va foiz stavkasi orqali iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlashi lozimligini va unda investitsiyalar iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri deb hisoblagan.
Iqtisodiyot nazariyasi fanida multiplikator tushunchasini 1931- yilda ingliz iqtisodchisi R.Kan kiritdi. Bu ko‘rsatkich milliy daromad hajmining o‘sishi bilan ushbu o‘sishni ta’minlagan investitsiya hajmiga nisbati bilan belgilanadi. U investitsiyalar dinamikasi yalpi talab qiymatlarining o‘zgarishida muhim ahamiyat kasb etishini, ko‘rsatkichning o‘zi esa, daromadlar o‘sishidagi farqning investitsiyalar o‘sishidagi farqqa nisbatini aks ettirishini nazarda


(2.1.)
u yerda: AYAIM- YAIM hajmining o‘zgarishi; AI - investitsiyalar hajmining o‘zgarishi.
Masalan, agarda investitsiyalar o‘sishi 5 mln so‘mni tashkil etsa va bu YAlMni 15 mln so‘mga o‘sishiga olib kelsa, u holda investitsiya multiplikatori 3 ga teng bo‘ladi. Mul’tiplikator jamg‘arishga chegaraviy moyillikka nisbatan teskari proporsionaldir, moyillik qancha yuqori bo‘lsa, mul’tiplikativ samara shuncha past bo‘ladi. Bunda J.M.Keyns qo‘shimcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish sifatidagi investitsion qaytim nisbatini emas, balki investitsion tovarlar sotib olinishi natijasida mazkur tovarlar sotib olingan korxonalarning foydasi ko‘payishi nisbatini nazarda tutadi. Mazkur korxonalarda ishlovchilar daromadlarining o‘sishi chegaraviy moyillikdan kelib chiqqan holda, ular iste’molining o‘sishini rag‘batlantiradi. Ular iste’molining o‘sishi mos ravishda samarali talab va milliy daromadning o‘sishiga olib keladi. Xarid qobiliyatining o‘sishi korxonalarni qanday bo‘lmasin ko‘proq sotishga undaydi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha ishchilami yollash va ko‘proq xomashyo va materiallar sotib olish zaruriyatidir.

Qo‘shimcha daromadning yaratilishi, xarajatlarning o‘sishi va ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi keyinchalik barcha tarmoqlarga, shu jumladan dastlabki o‘sish bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlarga ham tarqala boshlaydi. Bu jarayonlar qanchalik faol kechsa olingan daromadlaming hammasi ham iste’mo1ga yo‘naltirilmasdan, ma’lum bir ulushining jamg‘armaga yo‘naltirilishi oqibatida multiplikativ samara shuncha silliqlashib boradi.' 4


Yangi keynschilar E.Xansen, R. Xarrod, J.Robinsonlar J.M.Keyns izdoshlari sifatida uning ta’limotiga tayanib va shu bilan birga ushbu ta’limotga tanqidiy yondashib iqtisodiy o‘sish nazariyasida yangi keynschilik maktabiga asos solishdi. E.Xansen, R. Xarrod, J.Robinsonlar multiplikator nazariyasini rivojlantirib uning qo‘11anilish sohalarini kengaytirgan holda, multiplikatoming dastlabki tebranishlari paydo bo‘lishining eksport va import qiymatlarining o‘zgarishi, davlat xarajatlarining ko‘payishi va qisqarishi kabi boshqa birlamchi sabablari ham mavjudligini ko‘rsatib berishdi.
Investitsiyalar dinamikasining YAIM dinamikasi bilan o‘zaro bog‘liqligi multiplikatsiya koeffitsiyenti bilan cheklanib qolmaydi. Yana akseleratsiya tamoyili deb, ataluvchi tamoyil ham mavjud bo‘lib, unga ko‘ra YAIMdagi o‘zgarishlar o‘z navbatida investitsiyalar hajmida ham o‘zgarishlarga olib keladi. Multiplikatsiya va akseleratsiya tamoyillarining o‘zaro birlashtirilishi multiplikator nazariyasiga dinamik va tizimli ko‘rinish bag‘ish1adi. Agar investitsiyalar dinamikasini kuzatish mumkin bo‘lsa, u holda multiplikator daromadlar o‘zgarishini aks ettiradi, agar daromad ma’lum bo‘lsa, unda akselerator investitsiyalar dinamikasini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy sikl masalalari bilan shug‘ullanuvchi amerikalik iqtisodchi olim Jon Moris Klark (1884 —1963-yy.) birinchilardan bo‘lib mazkur samaraga alohida e’tibor qaratadi. Klark iste’mol buyuinlariga talabning o‘sishi asbob-uskunalar va mashinalarga talabning haddan ziyod o‘sishini keltirib chiqaruvchi, zanjir reaksiyani yuzaga chiqaradi deb hisoblaydi. Klark mazkur qonuniyatni siklik rivojlanishning muhim holati yoki uning ta’biri bilan aytganda



” Keñiic @w. Ofiigas wopiis 3auxiociii. rrpoi;eirra ii qeiier..// Airronornx axoiiouiisecxoñ rnacciixu.-
M.. «3i(OHOB», «Kniox», 1992. 234 c.
“akselerator samarasi” deb, ataydi.’5 Investitsiyaga talabning tebranishini, daromadga nisbatan tebranish funksiyasi sifatida tasavvur qilishimiz mumkin. Ushbu holatda investitsiyalar daroinad o‘sishiga nisbatan tezroq o‘sishini qayd etamiz. Hisoblashlar quyidagi 1.2.-formula yordamida amalga oshiriladi:
(2.2.)
Bu yerda: Q- akseleratsiya koeffitsiyenti.
Akselerator samarasining mohiyati shundan iboratki, tovarlar sotish hajmidagi tebranishlar mazkur tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalariga talabning beqarorligiga olib keladi.
Real hayotda daromad va investitsiyalaming bir- biriga o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Investitsiyalar dastlabki “inyeksiya” (muolaja) sifatida multiplikator samarasi hisobiga yalpi ichki mahsulotning, buning mantiqiy davomi sifatida esa, jamiyat miqyosida investitsiyalashga moyillikning o‘sishini keltirib chiqaradi. Bu esa akselerator samarasi evaziga iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshiradi. SHu tariqa, multiplikator samarasini akselerativ samara bilan birlashtirish multiplikator-akselerator samarasini beradi (Samuelson-Xiks modeli). Multiplikator-akselerator samarasi o‘zini o‘zi tartibga soluvchi iqtisodiy tizimda yuz beradigan siklik tebranishlarning tuzilishini yaqqol ko‘rsatib beradi.'6
O‘sishning birinchi neoklassik modellari 1950-yi1lar oxiri 1960- yillarda paydo bo‘la boshladi, bunda dinamik muvozanat muammolariga e’tibor susayib, nafaqat foydalanilmagan quvvatlar balki yangi texnikani joriy etish, unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash hisobiga o‘sishning mumkin bo‘lgan sur’atiga erishish muammosi birinchi pog‘onaga chiqib qoldi.
Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R.Solou, ingliz iqtisodchisi J. Mid va boshqa mualliflar) iqtisodiyotda davlat aralashuviga qarshi chiqishdi, chunki ularning fikricha yirik firmalarga bozor raqobatchiligi sharotida potensial o‘sishga erishish uchun





'^ 6uayr M. lCnapx Icon MO§uc // 100 nennxnx zuoiionucroe go Keñiica.- CH6.: ' ROHOMHJc, 2008.
—C.138.
'* Banauiuiñ E.B. Koi4i4eirrapaii x xeéuczaucxoñ roiiuenuiiii rryJrrziutitxaTopa // MupoBafl axonouiixa x »e napopnsie oruoiiieuris.-20(lO.- №11. —C.61-64.
mavjud resurslardan yanada ko‘proq foydalanish uchun erkinlik berish kerak edi.
“Zamorioviy” loyiha qanchalik to‘g‘ri yoki noto’g‘riligidan qat’iy
nazar o‘sish chegaralanganligi bir qator xulosalami keltirib chiqardi. Agar biz bugun cheklangan resurslarni ishlatsak ertaga ushbu resurslar bo‘lmasligi ham mumkin. Resurslarni taqsimlashning optimal usuli qanday degan savol tug‘iladi? Bu boradagi bahslarda iqtisodiy o‘sish unchalik ham katta ijobiy hodisa emasligi o‘sish foydalimi?
Kelajakdagi iqtisodiy o‘sishni baholashda ishlab chiqarishning atrof muhitga va inson turmushiga ta’sirini hisobga olish shart. Iqtisodiy o‘sishga qarshi chiquvchilar fikri. Iqtisodiy o‘sishga qarshi chiquvchilar fikriga ko‘ra industrializatsiya va iqtisodiy o‘sish atrof muhit zararlanish, yer haroratini global ko‘tari1ishi, ozon qatlami yemirilishi ekologik falokatlarga olib kelishi mumkin. Bunga sabab tugab borayotgan resurslar ishlab chiqarishda foydalanilib atrof muhitga chiqindi sifatida qaytadi. Bundan tashqari iqtisodiy o‘sish bu farovonlikni ta’minlab beruvchi faktor deyishga hech qanday asos yo‘q. Iqtisodiy o‘sishning yo‘ldoshi bo‘lgan texnika taraqqiyoti ishchilarda ertangi kunga ishonchni so‘ndiradi va ba’zida ishsizlikni ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Rivojlanish (o‘sish) sur’ati yuqori bo‘lgan iqtisodiyot katta iqtisodiy stresslarga olib kelishi mumkin.
O‘sish tarafdorlari fikri. Tarafdorlar fikriga ko‘ra faqatgina
iqtisodiy o‘sish turmush faravonligini ta’minlashi mumkin. Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi daromadni oshiradi: bu esa ko‘proq bo‘sh vaqt, ta’minlay olish imkoniyati, sifatli mahsulotlar sotib olish imkoniyati va shu kabi ko‘plab imkoniyatlarni tu g‘diradi. Iqtisodiy o‘sish jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi.
XXI asrga kelib iqtisodiyotda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Mazkur o‘zgarish1ar birinchi navbatda, resurslardan foydalanishning tabiat in’om etgan chegaralariga iqtisodiyot yetib borayotganligi natijasida iqtisodiy o‘sish sifatida an’anaviy resurslaridan foydalanish imkoniyatlari vaqt o‘tgani sari cheklanib borayotganligi bilan bog‘liqdir. Yuqorida aytilganlarga bog‘liq tarzda, bundan buyon investitsiya jarayonlari, yangi texnologiyalar va o‘z navbatida yangi tovar va xizmatlar yaratish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ilmiy bilimlar tizimi iqtisodiy o‘sish sifatining zamonaviy modelini yaratishning asosiy elementi bo‘ladi.
Bugungi kunda iqtisodiy o‘sish ta’liniotida innovatsion iqtisodiy o‘sish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Innovatsion iqtisodiy o‘sish bozor munosabatlari tizimida tadbirkorlik tashabbuskorligiga, FTT va tashkiliy-iqtisodiy faoliyatga asoslanadi. Bu kuchli raqobatbardosh texnologik platformalar va klasterlar yadrosini shakllantiradigan tizirnli innovatsion loyihalarni amalga oshirishga; davlat xarajatlari salmog‘ini kamaytirish va ko‘proq rag‘batlantirishning bilvosita vositalaridan foydalanadigan xususiy investitsiyalarning o‘sishi; cheklangan miqdordagi loyihalarga resurslarni jamlash; risklarni taqsimlash asosida innovatsion sohada xalqaro kooperatsiyani rivojlantirishga qaratilgan.
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o‘rganadigan bo‘1sak, bugungi kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq qo‘1lanilayotganligini ko‘rishning iloji yo‘q. Keynschilar bu borada iqtisodiy o‘sish sifatini modellashtirishda asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish• omillarining saaiaradorlik jihatlarini ustuvor, deb hisoblashadi.
Bizning fikrimizcha, biror davlat o‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo‘1ida ayni bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakatining tabiiy, ijtiaioiy hamda iqtisodiy salohiyati, aholining urf-odatlari, an’analari va mentalitetidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy o‘sish modelini ishlab chiqishi lozimdir. Bu mamlakat iqtisodiyotining turli xil tashqi ta’sirlarga sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir bo‘layotgan inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarJicha yuqori bo‘Iadi.
Bunga yaqqol misol sifatida mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «2017—2021-yi1larda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini»ni keltirishimiz mumkin. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlantirish. Bugungi globalizatsiya sharoitida milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va erkinlashtirish asosida iqtisodiy o‘sish sifatini oshirish va aholi turmush farovonligini ta’minlashdan iboratdir.
48

    1. Y. Domarning neokeynschilik o‘sish modellari

Bu model makroiqtisodiy muvozanatning keynschilik nazariyasini tanqidiy qayta ishlash va rivojlantirish sifatida vujudga keldi. Ma’lum bo‘lganidek, Keynsning asosiy aıaqsadi rivojlangan mamlakatlarda ommaviy ishsizlik va ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanmaslik sabablarini aniqlash edi. Bu hodisa l 929-1933-y.y. Buyuk depressiya davrida kotatrofik o‘lchamlarga erishib, bu vaqtda nafaqat yangi kapital qo‘yilmalarga balki asosiy kapitalni yangilashga ham imkoniyat yo‘q edi. Shu sababli J. Keyns nazariyasini fanda depressiv yoki stagnatsiyalanuvchi iqtisodiyot nazariyasi deb atashadi.


Urushdan keyingi davrda g‘arb mamlaktlaridagi iqtisodiy holat o‘zgardi — iqtisodiy o‘sish masalalariga olimlar diqqatini qaratgan yuqori konyuktura davri boshlandi. Biroq yangi sharoitlarda keynschilik nazariyasi chetga surib qo‘yilmadi, balki sifat jihatdan yangi muammolari hal qilish uchun ijodiy o‘zgartirildi. Chunki bu nazariya bozor iqtisodiyoti amal qilishining bir qator fundamental savollariga javob bera olar edi. Milliy daromad iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar kabi iqtisodiy kattaliklarga asoslanib, J. Keyns iqtisodiy faoliyat darajasining o‘zgarishini tushuntira oladigan modelni ishlab chiqdi. U iqtisodiy pasayish va ishsizlikniııg o‘sishi davrida iste’mol va jamg‘armalar shu jumladan investitsiyalar qisqarishini isbotladi. Shuning uchun, yalpi talab o‘sishining haqiqiy dastaklari mavjud bo‘lmagan taqdirda, J. Keynsning fikricha, hukumat talabni tartibga solish chora-tadbirlaridan foydalangan holda iqtisodiyotga aralashishi zarur. Talabni soliqlarni pasaytirish orqali yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish orqali oshirish mumkin, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy faollikni jonlantiradi.
Iqtisodiy o‘sish neokeynschilik modelining mohiyati nimada?

  1. Ularning barcbasi J. Keynsning asosiy postulati — yalpi talabga asoslanadi. Modellarni qurishda ularning mualliflari muvozanat- lashgan iqtisodiy o‘sishning hal quluvchi sharti yalpi talabning oshishi ekanlgidan kelib chiqishgan.

  2. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lib kapital qo‘yilmalar

(investitsiyalar) hisoblanadi, ular multiplikatorlar orqali daromadni OShiradi yoki o‘zi daromad oshishining natijasi hisoblanadi (akselerator tasirida). Qolgan barcha ishlab chiqarish omillari
49
(bandlikning oshishi, uskunalardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi) hisobga olinadi va modeldan chiqarib tashlanadi.
Bunda bu modellarning keynschilik tabiati va neoklassik nazariya- lardan asosiy farqlanishi mujassamlashgan.
Shunday qilib o‘sishning neokeynschilik modeli ikki o‘ziga xos xususiyat bilan xarakterlanadi:

  • Iqtisodiy o‘sishga daromad darajasi bilan belgilanadigan talab nuqtai nazaridan yondashish;

  • Investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishdagi muhim roli bilan negaki daromad kapitalning to‘planishiga bog‘liq (demak yalpi talab hajmi ham).

Iqtisodiy o‘sishning neokeyschilik modellini ilk bor, kelib chiqishi polshalik bo‘lgan, amerikalik iqtisodchi Domar va ingliz iqtisodchisi

  1. Xarrod tomonidan shakllantirilgan. Ular tomonidan olingan natijalar shunchalik bir-biriga yaqin ediki, natijada fanda ular Xarrod- Domar modeli deb atala boshlandi. Biroq modellarda o‘ziga xoslik borligi tufayli, ularning har birini ko‘rib chiqamiz, xulosa qilishda esa ularning umumlashtiruvchi omillariga e’tiborni qaratish lozim bo“ladi.

Iqtisodiy o‘sishning Y. Domar modeli. Y. Domarning modeli keynschilik an’analariga xosligi va keynschilik fundamentiga asoslanganini anıqligini tan olgan, ammo shu bilan birga keynschilik modelining investitsiyalar va iqtisodiy dinamikaga tegishli qismiga o‘z hissasini qo‘shganligini ta’kidlab o‘tgan. Bu hissa o‘zi nimadan iborat edi?
Oldindan o‘rnatilganidek, J.Keyns tizimida daromadlarning shakllanishi investitsiyalar funksiyasi hisoblanib, ular multiplikator samarasi orqali yalpi talab va bandlikni oshiradi. Boshqacha qilib
aytganda J.Keyns davlat xarajatlariga, ayniqsa ularning jamoat ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq qismiga (yo‘l, ko‘prik va sh.k. qurish) alohida e’tibor qaratgan
Nega u ommaviy bozor mahsulotlari ishlab chiqarishga, masalan avtomobillar, kir yuvish mashinalari yoki mebel ishlab chiqarishga e’tibor qaratmagan? Chunki qayta ishlab chiqarish (samarasi) talabni hosil qilish bozorga ortiqcha tovar massasini chiqarishdan ko‘ra muhim edi, shuning uchun J. Keyns investitsiyalarning tovar taklifiga ta’sirini o‘z analizidan qolgan ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligini
s0
tahlil qilgan holda ham shunday qildi. (yangi zavodlarga investitsiya qilishga mavjudlari turganda hojat yo‘q).
Aynan shu punktda Y. Domar, J. Keyns nazariyasiga aniqlik va qo‘shimcha kiritdi — unda investitsiyalar nafaqat daromadlarni shakllantirish balki quvvatlarni yaratish, ishlab chiqarishni va tovarlar taklifıni rivojlantirish omili hamdir. Bu orqali Y.Domar investitsion jarayonning ikki xilligiga e’tibor qaratib, uning fıkricha milliy daromadning muvozanatli o‘sishmodeli mohiyati ham shundan iborat. Boshqacha aytganda, u iqtisodiyotning muvozanatlashgan holatidan kelib chiqqan, (ya’ni umumiy talabni ifodalovchi ishlab chiqarish quvvatlariga teng bo‘1ganda).
Undan keyin Y.Domar quyidagi savolni qo‘ydi: Agar investitsiyalar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirsa va shu bilan birga qo‘shimcha daromadlarni shakllantirsa, unda daromad o‘sishi sur’ati ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishi sur’atlariga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak? Bu savolga javob berish uchun, Y. Domar uchta tenglamalar sistemasini tuzdi:

    1. taklif tenglamasi;

    2. talab tenglamasi;

    3. taklif va talab tengligini ifodalovchi tenglama.

  1. Taklif tenglamasi investitsiyalar hosil qiladigan ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishini ko‘rsatadi. Yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga olinadigan ishlab chiqarish o‘sishini (o‘simini) AÇ ni, umumiy kapital qo‘yilmaIarini (I) ularning o‘rtacha unumdoligiga Ş ko‘paytmasi orqali aniqlash mumkin (2.3):

AQ=I0 (2J.)
Investitsiyalarning ishlab chiqarish rivojlanishiga ta’sirini xarakterlovchi ¥ belgisi kapital qaytimi nomini oldi (ishchi kuchi bandligining oshishi, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish va sh.k.). Bunda, agar 1 mlrd. so‘m1ik mahsulot ishlab chiqarish uchun 4 mlrd. so‘m kapital kerak bo‘lsa,
tında ¥ uning '/4 qismini, yoki 25 % ini hosil qiladi . Demak, p=
bo‘1ib bir birlik investitsiya yaratgan yangi mahsulot kattaligini
ifodalaydi.

  1. Talab tenglamasi qo‘shimcha quvvatlarini band qilish uchun talab qancllagacha o‘sishi kerakligini ko‘rsatadi. Multiplikator

nazariyasiga ko‘ra, jamg‘armaga ixtiyoriy chegaraviy moyillik Z da. Milliy daromad o‘sishi-AU qo‘shimcha investitsiyalar — AI ning multiplikator ta’sirining natijasi hisobi.

Yüklə 222,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin