Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va



Yüklə 222,67 Kb.
səhifə2/14
tarix02.06.2023
ölçüsü222,67 Kb.
#122256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2-mavzu Solov modeli (4)

Milliy niahsulotning

Iqüsodiy o‘sish

TexnÍkA taraqqiyoti

Institusional va uiafkuraviy o‘zgarishIar
+

2.1-rasm. S.Kuziietsning iqtisodiy o‘sish niodeli


Ma’1umki, insonning ehtiyojlari cheksizdir: Odam bir ehtiyojini qondirishi bilan ikkinchisi paydo bo‘ladi va bu uzluksiz davom etadi. Ushbu masaladagi muammoning mohiyati shundan iboratki, ehtiyojlarning miqdor jihatidan cheksiz ortib borishi va sifat jihatidan yangilanib turishi iqtisodiy imkoniyatlar cheklanganligiga to‘qnash keladi. Ehtiyojlarni faqat moddiy ne’mat1ar ishlab chiqarishni kengaytirish orqaligina ko‘paytirish mumkin.


Mazkur masala jahon aholisi muttasil ortib borayotganligini yodda tutish kerak. Yer yuzida aholi soni 1 milliardga yetishi uchun (bu

"Caiirioii Car Ky3ueit 1901fine 30 anpen, Annex, Pocciix —1985 finn 8 inca, Kexi6piipa‹, AQIII)



  • “iqtisodiy o‘sishni talqin etishni empirik asoslaganlik uchun" 1971 yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotining laureati. Asosiy asarlari: “Aholining qayta taqsimlanishi va iqtisodiy o‘sish: Qo‘shma Shtatlar, 1870-1950 yillar”, uch tomda. (“Population Redistribution and Economic Growth: United States, 187W1950"); “Millatlarning iqtisodiy o‘sishi: jamlanma ishlab chiqarish va ishlab chiqarish tarkibi” (“Economic Growth of Nations: Total OuQut and Production Structure”, 1971); “Aholi, kapital va iqtisodiy o‘sish” (“Population, Capital and Growth”, 1973).

1850-yilda sodir bo‘1gan) 10 ming yil kerak bo‘ldi. Jahon aholisining soni 2 milliardga yetishi uchun yana 80 yil (1930-yil) kerak bo‘ldi. Bu sonni ikki baravarga ko‘paytirish (4 milliardga yetkazish) uchun esa atigi 45 yil (1975-yil) kifoya qildi. 2011-yilda dunyo aholisi soni 7 milliard kishidan ortdi. 2050-yilda esa kurrai zaminimizda 8,9 milliard odam yashashi prognoz qilinmoqda.

  1. asr o‘rtalaridan boshlangan aholi sonining bu sur’at1arda o‘sishi odamlarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradigan jamlanma mahsulot ildamroq o‘sishini taqozo etganligi tushunarlidir.

Amerikalik iqtisodichilar iqtisodiy o‘sish tarixini 500-yildan boshlab tadqiq etar ekanlar, diqqatga sazovor xulosalarga keldilar. So‘nggi 1500 yil davomida aholining o‘sishi bilan jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi o‘rtasida muayyan bog‘liqlik bo‘lgan to‘rt davr aniq ko‘zga tashlanadi. Olimlarning tahlillari aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish 1000 yil (500-1500 yillar) davomida ko‘paymagan va ana shu davr mobaynida aholining yillik o‘rtacha ko‘payishi sur’ati 0,1% ni takshil etgan. Mazkur ko‘rsatkich1arning bir muncha o‘sishi keyingi uch yuz yil (1820- yilgacha) davrida aniqlangan, lekin bunda o‘sish sur’ati juda past bo‘lgan. O‘sishda keskin sakrash zamonaviy kapitalim bosqichida (1820 —1980-yillarda) sodir bo‘lgan. Bunda aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish o‘sishining sur’atlari yiliga 1,6 % ni tashkil etgani holda, aholi soni yiliga taxminan 1,0 % ga ko‘paygan.
Yuzaki qaraganda aholisining soni ko‘p bo‘lgan va ulkan bo‘sh ish kuchi zaxirasiga ega davlatlar iqtisodiy o‘sishda yuqori sur’at1arga erishish imkoniyatlariga egalar. Amalda esa aholisi ko‘p bo‘lgan aksariyat mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’at1ari juda past, aksariyat hollarda aholining tabiiy o‘sish sur’atlaridan kam. Gap shundaki, iqtisodiy o‘sish faqat natura-ashyoviygina emas, balki moliyaviy xususiyatga ham egadir. Ishlab chiqarishda band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash uchun yangi ish joylari tashkil etish talab etiladi, buning uchun esa investitsiyalar kiritilishi zarur. lnvestitsiyalarning mavjud bo‘lishi kapital jamg‘ari1ishi bilan bog‘liqdir. Bu esa, o‘z navbatida, bugungi va ertangi iste’mol miqdori o‘rtasida tanlashga, ya’ni kelajakda ko‘proq iste’mol qilish uchun hozir nimadandir o‘zini cheklash zaruriyati bilan bog‘1iqdir.
Shunday qilib, iqtisodiy o‘sish kapital ortishi bilan ish kuchi ko‘payishi o‘rtasidagi nisbatga, ya’ni kapital bilan qurollanishdagi o‘zgarishga bog‘Iiqdir. Agar kapital aholi ko‘payishiga nisbatan tezroq ortadigan bo‘lsa, har bir xodimning kapital bilan qurollanishi ishlab chiqarish samaradorligi va jon boshiga daromadning asosi sifatida ko‘payib boradi. Aksincha, aholining ko‘payishi kapital ortishidan ildamroq bo‘lsa, mehnat faoliyatiga kirishayotgan ish kuchi kamroq kapital bilan ta’minlangan bo‘ladi. Buning oqibatida mehnat unumdorligi kamayishi hamda milliy mahsulot o‘sishining sur"atlari pasayishi mumkin. Ya’ni iqtisodiyotning o‘sish qobiliyati manbai jamg‘armalar bo‘lgan kapital jamg‘arilishi sur’atlariga bog‘liqdir.
Jamg’armalar odamlar kelajakdagi xaridlari, kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish uchun jamg‘ariladigan pul daromadlarining bir qismidir. Ular mavjud daromad bilan iste’mol xarajatlari o‘rtasidagi farqdir. Jamg‘armalar, o‘z navbatida, daromad darajasi va iste’mo1 darajasiga bog‘liqdir.
Iste ’mol — ehtiyojlari qondirish maqsadida mahsulotlar, buyumlar, ne’matlar, tovarlar, xizmatlardan foydalanish, ularni iste’mol qilishdir. Shuning uchun iqtisodiy o‘sish nazariyalarida kapital jamg‘arilishi yuksak darajasini ta’minlaydigan jamg‘armalarning eng maqbul
darajasi tadqiq qilinadi. U barqaror va mutanosib o‘sishni ta’minlaydi.
Odatda iqtisodiy o‘sishning quyidagi nazariyalarini farqlaydilar:

  • iqtisodiy o‘sishning yangi keynscha nazariyalari;

  • iqtisodiy o‘sishning yangi klassik nazariyalari;

  • iqtisodiy o‘sishning empirik nazariyalari;

  • endogen o‘sishning yangi nazariyalari.

Ushbu yo‘nalishlar doirasida iqtisodiy o‘sishning turli nazariy modellari yaratila boshlangan. Iqtisodiy o‘sish modellari bu tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlaming muhim sabablari va omillarini aniqlash maqsadida grafik va matematik usullar orqali real iqtisodiy jarayonlarni abstrakt holda umumlashtirilgan va soddalashtirilgan ifodasi bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotda ikki turdagi iqtisodiy o‘sish modeli: neoklassik va yangi keynschilik maktablari nazariyalari keng tarqalgan.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasida asosiy o‘rinda tarkibiy qayta qurishda investitsiyalarning o‘mi masalasi turadi. Keyns tomonidan iqtisodiy fanda bozor iqtisodiyoti, iqtisodiyotda barqarorlikni
kafolatlay olmaydi degan inqilobiy fikr bayon etilgan edi. Iqtisodiyotdagi inqiroziy holatlar va yuqori ishsizlik darajasiga qarshi davlat o‘zining barqarorlashtiruvchi siyosatini olib borishi lozim. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolidan foydalanmasdan turib, takror ishlab chiqarishning zaruriy makroiqtisodiy nisbatlariga erishish mumkin emas.




Yüklə 222,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin